4-moddaParij Bitimi doirasida ixtiyoriy hamkorlik
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 01.06.2023 · Amalda
1. Tomonlar tan oladilarki, Parij Bitimining 6-moddasida belgilanganidek, Tomonlar oʻrtasidagi ixtiyoriy hamkorlik ularning yumshatish va moslashish harakatlarida yuqori ambitsiyalarga erishishni hamda barqaror rivojlanish va atrof-muhitning yaxlitligini ragʻbatlantiradi.
2. Tomonlar mazkur Bitimning 3(b) va 3(s)-moddalarida nazarda tutilganidek, Parij Bitimining 6-moddasida belgilangan ixtiyoriy hamkorlik salohiyatidan foydalanishga intiladilar, bunda yumshatish natijalaridan foydalanish mazkur Bitimning 6-moddasida belgilangan Qoʻmita tarafidan koʻrib chiqilishi kerakligini nazarda tutadi.
3. Tomonlarning ixtiyoriy hamkorligi asosida mazkur Bitimning 6-moddasida belgilangan Qoʻmita tarafidan tasdiqlangan yumshatish natijalari har bir Tomonning milliy miqyosda belgilangan hissalarini amalga oshirish va ularga erishish uchun foydalanishlari mumkin va bu holda PParij Bitimining 6-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan tegishli tuzatish kiritiladi.
4. Tomonlar Parij Bitimining 6-moddasi 2-bandiga muvofiq har bir Tomonning milliy miqyosda belgilangan hissalariga nisbatan qoʻllaniladigan yumshatish natijalaridan boshqa xalqaro yumshatish maqsadlari uchun foydalanmaydilar.
5. Yumshatish natijalarini taqsimlash ishtirokchilarning ixtiyoriy hamkorlikka qoʻshgan hissalarini, jumladan, investitsiyalarning nisbatlarini hisobga olgan holda, ishtirokchilar oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilanadi. Tomonlar kelishgan taqdirda, taʼsirni yumshatish natijalarini taqsimlash mazkur Bitimning 6-moddasida koʻrsatilgan Qoʻshma qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
