306-modda. Servitut uchun haq toʻlash — Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-871-son)
306-modda. Servitut uchun haq toʻlash
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-871-son) · Sana: 23.10.2023 · Amalda
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs, agar qonunda yoki servitut toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, servitut uchun haq toʻlashi shart.
Servitut uchun haq servitut belgilangan yer uchastkasi uchun yer soligʻi (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanadi.
Servitut uchun haq toʻlash bir martalik yoki muntazam toʻlab boriladigan koʻp martalik toʻlov tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Servitut uchun haq miqdori servitut belgilangan yer uchastkasi doirasida yoki u belgilangan chegaralar doirasida hisoblab chiqariladi.
Yer uchastkasining servitut belgilangan muayyan qismi uchun yer soligʻi (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davrdagi yer soligʻi (ijara haqi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
Quyidagi hollarda servitut haq undirmasdan (tekin) amalga oshirilishi mumkin:
tunnellarda avtomobil yoʻllari yoki temir yoʻllari qurish, shuningdek avtomobil yoʻllarining muhofaza zonalaridan foydalanish maqsadida servitut belgilanganda;
muhandislik-texnik jihatdan taʼminlash, tegishli texnik-texnologik ulanish ishlarini amalga oshirish maqsadida servitut belgilanganda”;
13) 36-modda:
birinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda, bundan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish hollari mustasno”;
11-bandi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
2) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
3) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda;
4) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
5) ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda”;
14) 371-moddaning ikkinchi qismidagi “Ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
15) 39-modda birinchi qismining 9-bandidagi “qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
16) 41-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkasini, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulkni ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish va rekvizitsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
17) 62-modda oltinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday hollarda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari qoʻllaniladi”;
18) 68-moddaning beshinchi qismi “oʻzlarida doimiy foydalanish” degan soʻzlardan keyin “yoki ijara” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
19) 82-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning” degan soʻzlar “yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 85-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar” degan soʻzlar “yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 90-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) boʻyicha ochiq elektron tanlovlar va elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishning belgilangan tartibini buzganlikda”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 577-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “yuridik va jismoniy shaxslar mulki boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga” degan soʻzlar “shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar mulki boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-oktabrda qabul qilingan “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi OʻRQ-356-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 264-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
ikkinchi xatboshisi “mol-mulkiga” degan soʻzlardan keyin “qonunda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshisi “mol-mulki” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarzdor — kreditor foydasiga mol-mulkni yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pulni toʻlash yoki buzilishi kreditorning majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida qarzdor berib qoʻygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga undiruvni qaratishga boʻlgan imtiyozli huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻladigan boshqa majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq harakatni sodir etishi shart boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs”;
beshinchi xatboshisi “mol-mulkni” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 8-moddaning:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash (garov) vositasi sifatida qarzdorlar berib qoʻygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga nisbatan kreditorlarning huquqlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslardan, shu jumladan ushlab qolish, lizing, tovarga boʻlgan mulk huquqini tovarning haqi toʻlangunga qadar sotuvchida (kreditorda) saqlab qolgan holda uni sotish, kelajakda muayyan hodisa yuz bergan taqdirda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish, toʻlovni kechiktirgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda tovarlarni olish-sotishdan yuzaga keladigan huquqlar toʻgʻrisidagi”;
uchinchi xatboshisi “mol-mulkiga” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 9-modda:
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarzdorning mol-mulki, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi va kreditorning bu mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga boʻlgan huquqlari tavsifi”;
toʻrtinchi qismi “mol-mulkiga” degan soʻzlardan keyin “shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 10-modda:
birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdorning roziligi qarzdorning identifikatsiya maʼlumotlari, shuningdek kreditorning qaysi mol-mulkka huquqi yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi boʻlsa, oʻsha mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi koʻrsatilgan holda elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda rasmiylashtiriladi”;
ikkinchi qismi “mol-mulkiga” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 12-moddaning birinchi qismi “huquqlari” degan soʻzdan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-598-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 892-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda, № 12, 1190-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlariga boʻlgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 55-moddaning birinchi qismidagi “savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga, shuningdek turar joylarga va turar joylar joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan OʻRQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda, № 11, 1061-modda) 81-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar binolar va inshootlar mulkdorlarining manfaatlarini quyidagi maqsadlarda oʻzga shaxsning yer uchastkasidan foydalanish huquqini cheklamasdan taʼminlash mumkin boʻlmagan hollarda belgilanadi:
binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash;
muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va foydalanishga topshirish;
hududlarda suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni olib borish;
oʻzganing yer uchastkasi orqali kesib oʻtish;
binolar va inshootlar egalarining boshqa ehtiyojlari”;
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-728-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1060-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini” degan soʻzlar “tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-modda birinchi qismi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“foydali qazilma konlari joylashgan yer uchastkalari, bundan zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalar mustasno”;
uchinchi xatboshisidagi “muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda cheklovlar oʻrnatilgan hududlardan foydalanish zonalarida joylashgan yer uchastkalari”;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xususiylashtirish subyektlari boʻlmaydi”;
4) 21-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun” degan soʻzlar “tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 26-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari mazkur koʻchmas mulk obyektlari bilan birga elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi”;
6) 27-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun” degan soʻzlar “tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 28-moddaning uchinchi qismidagi “mazkur obyektning yagona mulkiy majmua sifatidagi qiymatidan kelib chiqib” degan soʻzlar “mazkur koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymatini inobatga olgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 32-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer uchastkasidan foydalanishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi”;
9) 34-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 306-modda. Servitut uchun haq toʻlash Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-871-son). neolex.uz/uz/laws/law-6643534/306 (lex.uz/docs/-6643526)