“34-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasiga mulk huquqining bekor qilinishi
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-871-son) · Sana: 23.10.2023 · Amalda
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasiga mulk huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
qonunda belgilangan hollarda yer uchastkasi, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara qilinganda;
qonunchilikda belgilangan hollarda yer uchastkasi, binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda”;
10) 37-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, yer uchastkasini rekvizitsiya qilish zarurati mavjud boʻlmaganda yer uchastkasi ushbu holatlarning amal qilish davrida vaqtincha foydalanish uchun egallanishi mumkin va yer uchastkasining mulkdoriga uning huquqlari vaqtincha cheklanganligi munosabati bilan yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanadi.
Vaqtincha egallangan yer uchastkasini qaytarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, uning mulkdoriga shu yer uchastkasining bozor qiymati va yer uchastkasini qaytarib berishning imkoni yoʻqligi munosabati bilan yetkazilgan boshqa zararlarning oʻrni qoplanadi”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
