23-modda. Tugatishga doir ishni yuritishdagi ishonchli vakil va uning huquqlari
Bankrotlik toʻgʻrisida (1054-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Tugatishga doir ishni yuritishdagi ishonchli vakil jismoniy yoki yuridik shaxs boʻlishi mumkin. Ishonchli vakil:
kreditorlar talablarini qondirishga moʻljallangan mol-mulkni (tugatiladigan mol-mulkni) jamlaydi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va mol-mulki toʻgʻrisida davlat nazorat va soliq organlariga, shuningdek kreditorlarga axborot taqdim etadi;
tugatish komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
ishni yuritish uchun buxgalter va boshqa shaxslarni tayinlaydi;
ekspertlarni jalb etadi;
mol-mulkni yashirib qolish yoxud soliqlar va qarzlarni toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida bankrot boʻlganlikka doir ish boshlanishidan yoki iqtisodiy nochorlik toʻgʻrisida ariza berilishidan oldin bir yil mobaynida xoʻjalik yuritish subyekti tuzgan bitimlarni, shuningdek xoʻjalik yuritish subyekti bitim tuzish natijasida mol-mulkning sotish paytidagi bozor bahosiga nisbatan ancha past haq olgan yoki xoʻjalik yuritish subyekti toʻlovga layoqatsiz boʻlsa, bunday bitimlarni haqiqiy emas deb topish masalasini xoʻjalik sudi oldiga qoʻyishi mumkin;
Xoʻjalik yuritish subyekti ishonchli vakilning talabi boʻyicha unga qarz summasini koʻrsatgan holda oʻz kreditorlari va debitorlarining toʻla roʻyxatini, aktiv va passivlarning mufassal balansini, moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi hisobotni, ish daftarlari, schyotlar va boshqa hujjatlardan barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
