16-modda. Buyurtmachi tashkilotlarning gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida (O‘RQ-865-son) · Sana: 30.08.2023 · Amalda
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida buyurtmachi tashkilotlar gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, konservatsiyalash va tugatish chogʻida:
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlashi, shuningdek ularning davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlashi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
loyiha hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishi, shuningdek gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish davrida davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarni bajarishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida obyektlarning roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlashi;
texnik nazorat va monitoringni amalga oshirishi;
loyiha talablariga muvofiq ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilishi hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishi;
loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlashi;
loyihada nazarda tutilgan ishlar tugallanganidan keyin gidrotexnika inshootlarining oʻz vaqtida foydalanishga qabul qilinishini belgilangan tartibda taʼminlashi;
gidrotexnika inshootlarini foydalanishga qabul qilish chogʻida ularning zilzilabardoshligiga doir instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishini tashkil etishi;
qurilishi tugallangan gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning kafolatli davri mobaynida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini taʼminlashi;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga mazkur sohadagi ixtisoslashgan nufuzli loyiha tashkilotlarining jalb etilishini taʼminlashi;
I, II va III sinfga mansub gidrotexnika inshootlarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishishi;
loyihalarni amalga oshirish chogʻida mualliflik va geotexnik nazoratni tashkil etishi hamda taʼminlashi;
I va II sinfga mansub gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish hamda ekspertizadan oʻtkazish chogʻida ilmiy muassasalarning va taʼlim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning, chet el kompaniyalarining yuqori malakali mutaxassislarini ekspertlar sifatida jalb etishi;
