15-modda. Foydalanuvchi tashkilotlarning gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha huquq va majburiyatlari
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida (O‘RQ-865-son) · Sana: 30.08.2023 · Amalda
Foydalanuvchi tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
gidrotexnika inshootlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilishda ishtirok etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning tasdiqlangan loyihaga muvofiq bajarilishini talab qilish;
gidrotexnika inshootlarida xavf yuzaga kelganda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda choralar koʻrish;
gidrotexnika inshootlarining hududiga kirish huquqiga ega boʻlmagan fuqarolarning (shaxslarning) gidrotexnika inshootlariga kirishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlardan gidrotexnika inshootlarini qoʻriqlash talablariga rioya etilishini talab qilish;
jismoniy va yuridik shaxslardan gidrotexnika inshootlari hududida xavfsizlikni taʼminlash qoidalariga rioya etilishini talab qilish.
Foydalanuvchi tashkilotlar:
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularni taʼmirlash, tiklash, rekonstruksiya qilish, yakunlangan ishlarni qabul qilish, konservatsiyalash, gidrotexnika inshootlarini foydalanishdan chiqarish hamda tugatish chogʻida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
gidrotexnika inshootlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek sanitariya muhofazasi zonalari va sanitariya himoya hududlari loyiha koʻrsatkichlariga muvofiq aniqlanishini hamda belgilanishini taʼminlashi;
gidrotexnika inshootlarining holati, shuningdek ularga nisbatan tabiiy-texnogen taʼsirlar ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirishi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini baholashni ularga nisbatan barcha zararli taʼsirlarni hisobga olgan holda amalga oshirishi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi mezonlari ishlab chiqilishini va ularga oʻz vaqtida aniqliklar kiritilishini taʼminlashi;
gidrotexnika inshootlarining texnik holatini monitoring qilish va gidrotexnika inshootlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish chogʻida zamonaviy axborot texnologiyalaridan hamda tezkor aloqa vositalaridan foydalanilishini taʼminlashi;
gidrotexnika inshootlari xavfsizligining pasayishi sabablarining doimiy tahlilini oʻtkazishi, ularning texnik jihatdan soz holatda boʻlishini taʼminlashi, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek gidrotexnika inshootlarida avariyalarning oldini olishga doir tadbirlar ishlab chiqilishini va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashi;
