14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida (O‘RQ-865-son) · Sana: 30.08.2023 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish haqida, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklash haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda amalga oshiradi;
suv resurslaridan foydalanishda va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlaydi;
gidrotexnika inshootlarining avariyalari oqibatlarini tugatishda ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan avariyalari xavfi toʻgʻrisida aholini xabardor qiladi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlarini saqlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksida belgilangan tartibda mablagʻlar ajratadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
