24-modda. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish maqsadlari
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini qoplash;
ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish;
davlat qarzini qayta moliyalashtirish;
davlat qarzini boshqarish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish;
pul mablagʻlarini boshqarish, shu jumladan vaqtinchalik kassa uzilishining oʻrnini qoplash boʻyicha operatsiyalarni bajarish;
toʻlov balansini qoʻllab-quvvatlash uchun amalga oshiriladi.
Ushbu moddada koʻzda tutilmagan boshqa maqsadlarga davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini qoplash uchun amalga oshiriladi.
