18-modda. Davlat qarzini boshqarish strategiyasi
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Davlat qarzini boshqarish strategiyasi davlat qarzini boshqarish maqsadlaridan kelib chiqqan holda davlat qarzini boshqarishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydigan hujjatdir.
Davlat qarzini boshqarish strategiyasi:
davlat qarzining joriy holati va prognozlarini;
davlat qarzi portfelining xarajatlari va xatari koʻrsatkichlarini;
davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish holati va prognozlarini;
moliya bozorlarining joriy holatini va keyingi davr uchun prognozlarini;
davlat qarzining barqarorligi koʻrsatkichlarini;
davlat qarzi boʻyicha cheklangan miqdorlarni belgilash yuzasidan tavsiyalarni;
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish vositasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojini;
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish vositasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida xarajatlar va xatarlarning eng maqbul darajasida taʼminlash rejasini;
davlat qarzi bilan bogʻliq xatarlarni boshqarishga va davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish xarajatlarini kamaytirishga doir choralarni, shuningdek boshqa tegishli axborotni oʻz ichiga oladi.
