17-modda. Davlat qarzini boshqarish maqsadlari
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Davlat qarzini boshqarish maqsadlari quyidagilardan iborat:
oʻrta muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini qoplashga, shuningdek davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojni (bundan buyon matnda davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish vositasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyoji deb yuritiladi) xarajatlar va xatarlarning eng maqbul darajasida taʼminlash;
davlat qarzini toʻlashning oʻrtacha muddatini uzaytirish, shuningdek davlat qarzini valyutalar va manbalar boʻyicha diversifikatsiya qilish;
davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida mablagʻ jalb qilish amaliyotini kengaytirish;
davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xatarlarning oldini olish, ularni bartaraf etish yoki kamaytirish.
