16-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Ochiqlik va shaffoflik prinsipi davlat qarzini boshqarish toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirish va yangilab borish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga kiritish orqali taʼminlanadi.
Davlat qarzini boshqarish toʻgʻrisidagi axborot:
davlat qarzini boshqarish strategiyasini va uning amalga oshirilishini;
davlat qarzining miqdorini va uning oʻzgarishini;
davlat tomonidan jalb qilinishi rejalashtirilayotgan mablagʻlarni;
davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni;
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish boʻyicha shartnomalarni;
davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va ularning samaradorligi hamda davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
