19-modda. Davlat qarzini boshqarish strategiyasini tasdiqlash
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Davlat qarzini boshqarish strategiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan fiskal strategiya bilan birgalikda uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Davlat qarzini boshqarish strategiyasi har yili aniqlashtiriladi va yangilab boriladi.
Kelgusi yil uchun aniqlashtirilgan va yangilangan davlat qarzini boshqarish strategiyasi:
vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga maʼlumot uchun kiritiladi va vakolatli organ tomonidan oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
