5-modda. Maxsus vakolatli organ
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (562-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Amalda
Maxsus vakolatli organ:
elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini (bundan buyon matnda roʻyxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
roʻyxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini taʼminlaydi;
roʻyxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan roʻyxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
