“9-modda. Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning hamda bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) komissiyalarining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamda bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamda bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) komissiyalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-561-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 586-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 12, 1194-modda) qoʻyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda:
sakkizinchi xatboshisidagi “shilqimlik” degan soʻz “shilqimlik, taʼqib etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“taʼqib etish — jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta qarshilik koʻrsatganligiga yoxud ogohlantirganligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini qidirishda, u bilan ogʻzaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali yoki boshqa usullarni qoʻllash yoʻli bilan muloqotga kirishishda, uning ish, oʻqish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida oʻz xavfsizligi uchun xavotirlik qoʻzgʻatadigan harakatlar”;
oʻn ikkinchi xatboshisi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 12-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
