“12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari”;
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
birinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi”;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi”;
3) 18-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 23-modda:
nomidagi “va uning muddatini uzaytirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Agar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bir joyda ishlasa yoki oʻqisa, tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshiruvchi ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan jabrlanuvchiga himoya orderi berilganidan keyin bir ish kuni ichida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining ish yoki oʻqish joyiga, agar tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tashkilot rahbari boʻlsa, yuqori turuvchi organga, jabrlanuvchi va tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani taqiqlash toʻgʻrisida taqdimnoma yuboriladi.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi ishlayotgan yoki taʼlim olayotgan tashkilot rahbari taqdimnomani olganidan keyin, uch ish kuni ichida jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi”;
