“18-modda. Axborot tizimini yuritish
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
Axborot tizimini tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari yuritadi”;
ikkinchi qismidagi “Davlat reyestriga” degan soʻzlar “Axborot tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Davlat reyestrini” degan soʻzlar “Axborot tizimini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini koʻrishi shart.
Ota-ona uch oydan ortiq boʻlmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida oʻz bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shart. Bu holda vasiylik yoki homiylik agar bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, belgilanadi.
Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash toʻgʻrisidagi arizani oʻzi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerak.”;
12) 36-moddaning beshinchi qismidagi “davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga” degan soʻzlar “axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritish uchun tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shuʼbasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 40-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vasiyning yoki homiyning oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning taʼminotiga doir xarajatlarining oʻrni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mablagʻlari hisobidan qoplanadi, bu mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning taʼminoti uchun vasiy va homiyga qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa tayinlanishi mumkin”.
