“12-modda. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shuʼbalarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari”;
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
birinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari oʻz vakolatlari doirasida”;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarning axborot bazasini yuritadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi”;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi”;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “tuman, shahar hokimiga xulosa beradi” degan soʻzlar “tuman, shahar hokimi uchun xulosa tayyorlaydi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
6) 13-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat reyestriga” degan soʻzlar “axborot tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 15-moddaning:
nomidagi “Davlat reyestriga” degan soʻzlar “Axborot tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi maʼlumotlarni har oyda axborot tizimiga kiritadi”;
ikkinchi qismidagi “tuman, shahar hokimligini” degan soʻzlar “tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
