“592-modda. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sogʻligʻining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni, qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni doʻpposlash, ushbu shaxslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
12) 1891-moddaning:
nomidagi “Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni” degan soʻzlar “Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni” degan soʻzlar “Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni” degan soʻzlar “tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 242-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari”;
