“477-modda. Ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmasligi
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
Ota-ona yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda yoxud ular oʻz ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmasligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
10) 52-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi “basharti ushbu Kodeksning 592-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) quyidagi mazmundagi 592-modda bilan toʻldirilsin:
