“411-modda. Shahvoniy shilqimlik qilish
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
Shahvoniy shilqimlik qilish, yaʼni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul boʻlgan hamda uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega boʻlgan harakatlarni bir marta qoʻpol ravishda yoki bir necha marta sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
7) 474-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy jazolarning mazkur turlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
8) 475-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy jazolarning mazkur turlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
9) quyidagi mazmundagi 477-modda bilan toʻldirilsin:
