“247-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeksning 194 va 1941-moddalarida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ushbu Kodeksning 61, 1161, 1162, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 183, 185, 1851, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar faqat oʻziga mazkur huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) uni bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga koʻrib chiqish uchun topshirgan hollardagina ushbu komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan, ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi”;
17) 304-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 970-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
