6-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (78-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
auditorlik tekshiruvi oʻtkazilayotganda xoʻjalik yurituvchi subyekt amalga oshirayotgan moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni toʻliq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish davomida yuzaga kelgan masalalar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xoʻjalik yurituvchi subyektdan olish;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur boʻlgan barcha axborot xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi oʻtkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xoʻjalik yurituvchi subyektga professional xizmatlar koʻrsatish, bundan buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlib kirish;
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
