Imtiyozli savdo toʻgʻrisida
03.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Muqaddima
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati na Pokiston Islom Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda alohida “Ahdlashuvchi Tomon” va birgalikda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb yuritiladi),
Rivojlanayotgan davlatlar boʻlmish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi Bitimning tuzilishi iqtisodiy va savdo munosabatlari uchun yangi muhit yaratishini eʼtirof etib,
Tariflar va savdo boʻyicha Bosh Bitim (GATT) Ahdlashuvchi Tomonlarining Rivojlanayotgan davlatlarning 1979-yildagi differensial va eng koʻp qulaylik rejimi, oʻzaro munosabati va toʻliq ishtiroki toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq tovarlar savdosini liberallashtirishga erishish istagida,
Mazkur Bitim mazmuni asta-sekin kengayib borishiga va oʻzaro manfaatlarning yangi sohalarini qamrab olishiga ishongan holda,
Mazkur Bitim qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning boshqa ikki tomonlama, mintaqaviy yoki koʻp tomonlama shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmasligini inobatga olib,
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida savdo tovarlarini diversifikatsiya qilish zaruriyatiga urgʻu bergan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda Maqsadlar
Mazkur Bitimning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida savdo aloqalarining quyidagi yoʻnalishlarini mustahkamlashdan iborat:
a) mazkur Bitimning I-A va I-B ilovalarida koʻrsatilgan tovarlarga tariflar va notarif toʻsiqlarni bekor qilish;
b) Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni uygʻun rivojlantirish orqali savdoni kengaytirish va ragʻbatlantirish;
s) Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida halol raqobat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
d) Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi savdoning barqaror oʻsishi uchun yanada turgʻun va xavfsiz muhit yaratish.
2-modda Taʼriflar
Mazkur Bitimning maqsadlari uchun:
“Tariflar” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida amaldagi milliy qonunchilikka muvofiq belgilangan tarif jadvallarida oʻrnatilgan bojxona tariflari yoki bojxona bojlarini anglatadi. Tariflar ushbu Bitimning 7-moddasida koʻrsatilgan dempingga qarshi va kompensatsiya bojlarini yoki ushbu Bitimning 8-moddasida koʻrsatilgan himoya choralarini oʻz ichiga olmaydi;
“Notarif toʻsiqlar” atamasi tariflardan farqli ravishda, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida savdoni sezilarli darajada buzilishiga yoki import chekloviga taʼsir etuvchi har qanday choralarni, qoidalar yoki amaliyotni anglatadi;
“Imtiyozli rejim” — tovarlarni olib oʻtish boʻyicha tariflarni bekor qilish yoki pasaytirish, Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududiga imtiyozli olib kirish yoki tovarlarni Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududidan imtiyozli olib chiqish uchun kvotalar belgilash yoʻli bilan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan mazkur Bitim asosida berilgan har qanday imtiyoz yoki qulaylikni anglatadi;
“Iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazish” — Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududiga tovarlar olib kirishning koʻpayishi, demping narxlardagi yoki subsidiyalar bilan taʼminlangan tovarlar importi;
“Iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazish xavfi” — iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazilishi muqarrar ekanligidan dalolat beradi;
“Tovarlar” — Milliy bojxona tariflari doirasidagi barcha mahsulotlar, jumladan, tayyor, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni anglatadi.
3-modda Umumiy tamoyillar
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini, tashqi savdo yoʻnalishlarini va tarif siyosatini hisobga olgan holda, Ahdlashuvchi Tomonlarning teng foyda koʻrish uchun oʻzaro manfaatdorlik tamoyili doirasida amalga oshiriladi.
4-modda Boshqa shartnomalar bilan tartibga solinadigan savdo munosabatlari
Mazkur Bitimda hech narsa Ahdlashuvchi Tomonlarning uchinchi Tomonlar bilan bojxona ittifoqlari, erkin savdo hududlari, imtiyozli savdo bitimlari, koʻp tomonlama savdo bitimlari yoki transchegaraviy savdo qoidalarini saqlashga yoki yaratishga toʻsqinlik qilmaydi.
5-modda Qoʻllanish doirasi va sohasi
Mazkur Bitimning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ularning hududida ishlab chiqarilgan, Bitimning I-A va 1-B ilovalarida koʻrsatilgan tovarlar savdosiga nisbatan qoʻllaniladi.
6-modda Imtiyozli savdo kelishuvi
1. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning I-A va 1-B ilovalari hamda II ilovasi qoidalariga muvofiq imtiyozli savdo tartibini oʻrnatadilar.
2. Mazkur Bitimni amalga oshirishda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzarolik tamoyilini lozim darajada eʼtiborga oladilar.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning I-A va 1-B ilovalarida koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan standartlarni oʻzaro tan olish va oʻrnatilgan tartib-taomillarni yengillashtirish yoʻli bilan notarif toʻsiqlar va choralarni imkon qadar kamaytirish hamda bozorga kengroq kirishni taʼminlash uchun birgalikda harakat qiladilar.
4. Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida Bitimning I-A va I-B ilovalarida koʻrsatilgan tovarlar savdosida yangi notarif toʻsiqlar yoki ekvivalent taʼsirga ega choralar joriy etilmaydi.
5. Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida Bitimning I-A va I-B ilovalarida koʻrsatilgan tovarlar savdosiga nisbatan yangi tariflar yoki ekvivalent taʼsirga ega yigʻimlar joriy etilmaydi.
6. Ahdlashuvchi Tomonlar Qoʻshma qoʻmita majlislari doirasida maslahatlashuvlar orqali oʻzaro savdoni yanada erkinlashtirish masalalarini koʻrib chiqadilar.
7-modda Kelib chiqish qoidalari
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning I-A ilovasi va 1-B ilovasida keltirilgan tovarlarning ikki tomonlama savdosida kelib chiqish qoidalarini qoʻllashga kelishib oldilar.
Mazkur Bitim qoidalari bilan qamrab olingan tovarlar mazkur Bitimning II ilovasida belgilangan kelib chiqish qoidalariga muvofiq boʻlgan taqdirda, ularga nisbatan imtiyozli rejim qoʻllaniladi.
II ilovada keltirilgan kelib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish zarurati tugʻilganda, Qoʻshma qoʻmita mazkur Bitimning 15-moddasida koʻrsatilgan tartiblarga muvofiq oʻzgartirishlar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
8-modda Antidemping va kompensatsiya choralari
1. Ahdlashuvchi Tomonlar demping yoki subsidiya natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etish maqsadida, oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq, antidemping va kompensatsiya choralarini koʻrish huquqiga egadirlar.
2. Mahalliy sanoat tomonidan tegishli tarzda hujjatlashtirilgan ariza olinganidan keyin va antidemping tekshiruvi boshlanishidan oldin import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlarini tegishli muddatda xabardor qiladilar.
3. Import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari tekshiruv jarayoni boshlanishi bilanoq maʼlum eksportchilarga va eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlariga olingan yozma arizaning maxfiy boʻlmagan matnini taqdim etadilar.
4. Tekshiruv jarayonida foydalanilgan savolnomalarni olgan manfaatdor shaxslarga javob berish uchun kamida 30 (oʻttiz) kun muddat beriladi. 30 (oʻttiz) kunlik muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi har qanday soʻrov lozim darajada koʻrib chiqilishi va koʻrsatilgan sababga koʻra, iloji boʻlgan taqdirda, uzaytirilishi kerak.
9-modda Muhofaza choralari
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq belgilangan muhofaza choralari boʻyicha huquq va majburiyatlariga daxl qilmagan holda, agar mazkur Bitimga asosan tarifni bekor qilish natijasida Ahdlashuvchi Tomonning ishlab chiqarilgan tovarlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga milliy ishlab chiqarishga nisbatan mutlaq yoki nisbatan koʻpaytirilgan miqdorda hamda oʻxshash yoki toʻgʻridan-toʻgʻri raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy sanoatga jiddiy zarar yetkazadigan yoki yetkazish tahdidi ostida boʻlgan darajada import qilinayotgan taqdirda, import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimning 13-moddasiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan oldindan maslahatlashgan holda muhofaza choralarini qoʻllashi mumkin.
2. Muhofaza choralarini qoʻllashdan avval, Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri uchun maqbul yechim topish maqsadida, bunday choralarni qoʻllash niyatida boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga vaziyatni oʻrganish uchun zarur boʻlgan barcha tegishli maʼlumotlarni taqdim etadi. Bunday yechimni topish maqsadida, Ahdlashuvchi Tomonlar zudlik bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadilar. Agar maslahatlashuvlar natijasida Ahdlashuvchi Tomonlar 30 (oʻttiz) kun ichida kelishuvga erishmasalar, shikoyat qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon muhofaza choralarini qoʻllashi mumkin.
10-modda Xalqaro muhofaza choralari
Mazkur Bitim qoidalarining hech biri har ikki Ahdlashuvchi Tomonga 1994-yildagi GATTning XIX moddasi va Jahon savdo tashkilotining (JST) Himoya choralari toʻgʻrisidagi Bitimiga muvofiq himoya choralarini koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
11-modda Toʻlov balansidagi muammolar
Basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri toʻlov balansi bilan bogʻliq muammolarga duch kelganda yoki bunday xavf ostida boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlar Xalqaro Valyuta Fondi Bitimining VIII va XIV moddalarida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq, cheklangan muddatda boʻlishi lozim va toʻlov balansi bilan bogʻliq vaziyatni hal etish uchun zarur doiradan chiqmasligi sharti bilan cheklov choralarini koʻrishi mumkin. Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni cheklovlar kiritilishi bilan darhol xabardor qiladi va boshqa Ahdlashuvchi Tomonga imkon qadar tezroq ularni olib tashlash vaqt jadvalini taqdim etadi.
12-modda Umumiy istisnolar
Mazkur Bitimda hech narsa jamoat tartibi, milliy xavfsizlik, inson, hayvonot va oʻsimlik dunyosi va sogʻlikni himoya qilish, badiiy, tarixiy va arxeologik qadriyatlarga ega boʻlgan milliy boyliklarni muhofaza qilish, qazib olinadigan tabiat resurslari va genetik zaxiralarni muhofaza qilish, oltin yoki kumushga oid tartibotlar va bu mahsulotni eksport qilish toʻgʻrisidagi tartibga amal qilgan holda, uning narxini hukumat barqarorlashtirish rejasining bir qismi sifatida jahon narxidan past darajada ushlab turish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi savdoda oʻzboshimchalik bilan yoki asossiz kamsitishga yoʻl qoʻyish yoki yashirin cheklov qoʻyish kabi yoʻllarda bunday choralar qoʻllamaslik sharti bilan import, eksport yoki tranzitda boʻlgan mahsulotlarga nisbatan taqiq yoki cheklovlarni istisno etmaydi.
13-modda Xavfsizlik istisnolari
Mazkur Bitimda hech bir narsa quyidagi holatlarda Ahdlashuvchi Tomonga xavfsizlik talablari uchun zarur deb hisoblanadigan har qanday choralarni koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi:
a) maxfiy maʼlumotlarning asosiy xavfsizlik manfaatlariga zid boʻlgan oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
b) oʻzining asosiy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish yoki xalqaro majburiyatlar yoki milliy siyosatni amalga oshirish uchun:
(i) qurollar va oʻq-dorilarning savdosi bilan bogʻliq; yoki
(ii) biologik, kimyoviy va yadroviy qurollarni yoki boshqa yadroviy portlovchi qurilmalarni tarqatmaslik bilan bogʻliq.
14-modda Axborot almashinuvi
Bir Ahdlashuvchi Tomonning soʻroviga koʻra, har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan 30 (oʻttiz) kunlik muddat ichida mazkur Bitimning amal qilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan amaldagi yoki taklif etilayotgan chora-tadbirlarga oid maʼlumotlarni taqdim etishi va har qanday savolga javob berishi lozim.
Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitim bilan qamrab olingan har qanday savdo masalalariga oid qonunlari va qoidalari eʼlon qilinishini yoki ommaviy oshkoraligini taʼminlaydi.
15-modda Qoʻshma qoʻmita
1. Qoʻshma qoʻmita har bir Ahdlashuvchi Tomonning vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladi. Qoʻshma qoʻmita yiliga bir marta yigʻilib, mazkur Bitimni amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni koʻrib chiqadi. Har qanday Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilgan holda navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazishni talab qilishi mumkin.
2. Qoʻshma qoʻmita mazkur Bitim qoidalariga muvofiq unga yuklangan har qanday vazifani oʻz zimmasiga oladi. Bir Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan Qoʻshma qoʻmita mazkur Bitimni amalga oshirishga taʼsir etuvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqadi.
3. Qoʻshma qoʻmita mazkur Bitim bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qarorlar, shu jumladan, mazkur Bitimga har qanday tuzatishlar kiritish boʻyicha qarorlar qabul qilishi mumkin. Qoʻshma qoʻmita mazkur Bitim bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ham tavsiyalar berishi mumkin.
4. Mazkur Bitimga har qanday oʻzgartirish kiritish boʻyicha Qoʻshma qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorlar Bitimning 17 va 18-moddalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli ichki protseduralari bajarilishi sharti bilan qabul qilinadi.
5. Qoʻshma qoʻmita qarorlari kelishuv (konsensus) yoʻli bilan qabul qilinadi.
Qoʻshma qoʻmita oʻzining birinchi yigʻilishida oʻz tartib-qoidalarini belgilaydi.
6. Qoʻshma qoʻmita zarur deb hisoblagan boshqa quyi qoʻmitalar yoki ishchi guruhlarni ham tuzishi mumkin.
16-modda Maslahatlashuvlar va nizolarni hal etish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimning amal qilishiga taʼsir etuvchi har qanday masala boʻyicha oʻzaro mulohazakorlik bilan yondashadi va maslahatlashuvlar uchun munosib imkoniyat yaratadi.
2. Mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllashdan kelib chiqadigan har qanday nizolar avvalo Qoʻshma qoʻmita tomonidan ikki tomonlama maslahatlashuvlar orqali tinch yoʻl bilan hal qilinadi.
17-modda Koʻrib chiqish va oʻzgartirishlar kiritish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishuv asosida, Bitimni qoʻllashda toʻplangan tajribani hisobga olgan holda, unga oʻzgartirishlar ishlab chiqishlari va qoidalar qoʻshishlari mumkin. Shuning uchun har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzaro savdoni yanada erkinlashtirishga koʻmaklashish maqsadida takliflar kiritishi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, mazkur Bitimga uning ajralmas qismi boʻlgan va Bitimning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
18-modda Kuchga kirishi, muddati va tugatilishi
1. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki huquqiy protseduralar bajarilganligi toʻgʻrisidagi oxirgi yozma xabarnoma olgan kundan keyingi ikkinchi oyning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi.
2. Mazkur Bitim besh (5) yil davomida amal qiladi, har bir Ahdlashuvchi Tomon uning amal qilish muddati tugashidan kamida bir yil oldin mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabar berishi mumkin.
3. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni mazkur Bitimni bekor qilish niyati haqida olti (6) oy oldin yozma ravishda xabardor qilmasa, mazkur Bitim avtomatik ravishda keyingi besh (5) yillik muddatga uzaytiriladi.
Toshkent shahrida 2022-yil 15-iyulda, Islomobod shahrida 2022-yil 3-oktabrda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
I-A ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va Pokiston Islom Respublikasi hududiga olib kirilishi moʻljallangan tovarlar roʻyxati
T/rTIF TN kodiMahsulot nomiPokiston Islom Respublikasida tarif pasayishi %Pokiston Islom Respublikasida oʻrnatilgan:Imtiyoz marjasi %Qayta koʻrib chiqilgan bojxona boji %Bojxona boji miqdori (BB) %Qoʻshimcha bojxona boji miqdori (QBB) %Regulyativ boj miqdori (RB) %1.071331“Vigna mungo [L.] Nepper yoki Vigna radiata [L.] Wilczek” turidagi quritilgan, qobigʻi tozalangan loviya, poyasi tozalangan yoki boʻlinmagan100 % pasayishi32-*502.071339“Vigna and Phaseolus” quritilgan, qobiqli, poʻstlogʻi tozalangan yoki ajratilmagan loviya (“Vigna mungo [L.] Nepper or Vigna radiata [L.] Wilczek”, mayda qizil “Adzuki” loviyalari, Bambara loviyasidan tashqari)100 % pasayishi32-*503.081310Quritilgan oʻriklarBB va QBBni 100% pasayishi207-*2704.120242Yer yongʻoqlari, qobigʻi, singan yoki sinmagan(ekish uchun, qovurilgan yoki boshqa usulda pishirilganurugʻlardan tashqari)BBni 100% pasayishi1122011225.170490Tarkibida kakao boʻlmagan qandolat mahsulotlari, jumladan, oq shokolad (saqichdan tashqari)BBni 50% va QBBni 100% va RBni 25% pasayishi2064026406.180690Shokolad va tarkibida kakao boʻlgan boshqa preparatlar, konteynerlar yoki BBni 50% va QBBni 100% pasayishi2061016207.200819Yongʻoq va boshqa urugʻlar, shu jumladan. tayyorlangan yoki konservalangan aralashmalar (sirka bilan tayyorlangan yoki konserva qilingan, shakar bilan konserva qilingan, lekin siropga qoʻshilgan, murabbo, marmelad. meva shoresi va tayyorlash natijasida olingan pastalar va yer yongʻogʻi bundan mustasno)BB va QBBni 100% pasayishi1642020208.740811Maksimal koʻndalang kesimi kattaligi > 6 mm boʻlgan rafinadlangan mis simBB va QBBni 100% pasayishi112-*1309.740819Maksimal koʻndalang kesimi kattaligi BBni 50% pasayishi112-*5,57.510.841510Oyna (rom) yoki devor avtonom va “split-tizim” konditsionerlariBBni 20% pasayishi206“CKD/ SKD holatida” uchun 5% va “Boshqalar” uchun 20%4“CKD/ SKD holatida” uchun 27% va “Boshqalar” uchun 42%11.841810Kombinatsiyalangan, tashqi eshikli muzxona-muzlatgichlarBBni 20% pasayishi206“CKD holatida” uchun 5% va “Boshqalar” uchun 20%4“CKD/ SKD holatida” uchun 27% va “Boshqalar” uchun 42%12.85042310.000 kVA dan yuqori quvvatga ega suyuq dielektrik transformatorlarBBni 25% pasayishi206-*52113.850450Induktorlar (gaz chiqarish lampalari yoki naychalari uchun induktorlardan tashqari)100 % pasayishi206-*26014.852872Rangli televideniye uchun qabul qiluvchi apparatlar, oʻz ichiga radioeshittirish qabul qiluvchilari yoki ovoz, video yozib olish yoki koʻpaytirish, video displey yoki ekranni birlashtirish uchun moʻljallangan qurilmalarBBni 25% pasayishi2061553615.853710BBni 20% pasayishi306-*63016.853720> 1.000 V kuchlanish uchun elektrni boshqarish yoki elektr energiyasini taqsimlash uchun platalar, shkaflar va shunga oʻxshash qurilmalar kombinatsiyasi100 % pasayishi206-*26017.85444f9BBni 50% va QBBni 100% qisqartirish175Telefon kabellari uchun 20% va “Koʻp yadroli, moslashuvchan, tekis turdagi mis, izolyatsiyalangan” va “boshqalar” uchun 10%13,5Telefon kabellari uchun 28.5% va “Koʻp yadroli, moslashuvchan, tekis turdagi mis, izolyatsiyalangan” va “boshqalar” uchun 18,5%18.071290Quritilgan sabzavotlar va sabzavotlar aralashmalari, butun, toʻgʻralgan, boʻlaklangan, maydalangan yoki kukun holatida, lekin qoʻshimcha tayyorlanmaganBBni 50% pasayishi15257,514,519.080212Yangi yoki quritilgan bodom, poʻstlogʻi olinganBBni 100% pasayishi10010101020.080232Yangi yoki quritilgan yongʻoqlar, poʻstlogʻi olinganBBni 50% pasayishi1000*5521.080610Yangi hoʻl uzumBBni 50% pasayishi va QBBni 100% pasayishi2040*141022.080620Quritilgan uzumBBni 50% pasayishi va QBBni 100% pasayishi2040*141023.080810Yangi hoʻl olmaBBni 50% pasayishi2040*101424.080910Yangi hoʻl oʻrikBBni 50% pasayishi va QBBni 100% pasayishi2040*141025.081090Yangi tamarind, keshyu mevasi, jakfrut, lichi, sapodilla (chiku), marakuya, karambola, pitaxaya va boshqa isteʼmol qilinadigan mevalarBBni 20% pasayishi va QBBni 100% pasayishi2042484026.081320Quritilgan olxoʻriBBni 20% pasayishi va QBBni 100% pasayishi2042884427.081340Quritilgan shaftoli, nok, papayya, tamarind va boshqa isteʼmol qilinadigan mevalarBBni 20% pasayishi va QBBni 100% pasayishi20428 — 36844 — 5228.120241Qobiqdagi yongʻoqlar (ekish uchun urugʻlar, qovurilgan yoki boshqa usulda pishirilganlaridan tashqari)BBni 100% pasayishi10016101629.130190Lak; tabiiy saqichlar, smolalar, saqich-smolalar, balzamlar va boshqa tabiiy oleorezinlar (arab saqichi bundan mustasno)BB va QBBni 100% pasayishi15 — 202 — 40*17 — 24030.151211Xom kungaboqar yoki maxsar moyiBBni 20% pasayishi va QBBni 100% pasayishiBir metrik tonna uchun 15 000 rupiy20*Bir metrik tonna uchun 3 000 rupiy + 2%Bir metrik tonna uchun 12 000 rupiy31.210690Oziq-ovqat preparatlari, boshqa joyda koʻrsatilmaganBBni 25% pasayishi20420 — 30539 — 4932.220210Ichimlik sifatida toʻgʻridan toʻgʻri isteʼmol qilish uchun shakar, shirinlashtirgich yoki xushboʻylantiruvchi qoʻshilgan suvlar, shu jumladan mineral va gazlangan suvlarBB va QBBni 100% pasayishi20420242033.220299Alkogolsiz ichimliklarBB va QBBni 100% pasayishi20420242034.230990Hayvonlarni oziqlantirishda qoʻllaniladigan preparatlarBB va QBBni 100% pasayishi500*5035.300490Davolash yoki profilaktika maqsadlari uchun aralash yoki aralashmagan mahsulotlardan iborat boʻlgan medikamentlarBBni 50% pasayishi10 — 200 — 40*5 — 109 — 1436.392290Plastmassadan bidetlar, hojatxona toshlari, yuvish sisternalari va shunga oʻxshash sanitariya-gigiyena buyumlariBBni 20% pasayishi2040*101437.520512Zichligi 714,29 dteks dan kichik, lekin 232,56 dteks dan kichik emas (14 metrik nomeridan yuqori, lekin 43 metrik nomeridan yuqori emas)BBni 20% pasayishi500*1438.520513Zichligi 232,56 dteks dan kichik, lekin 192,31 dteks dan kichik emas (43 metrik nomeridan yuqori, lekin 52 metrik nomeridan yuqori emas)BBni 20% pasayishi500*1439.520524Zichligi 192,31 dteks dan kichik, lekin 125 dteks dan kichik emas (52 metrik nomeridan yuqori, lekin 80 metrik nomeridan yuqori emas)BBni 20% pasayishi500*1440.520612Zichligi 714,29 dteks dan kichik, lekin 232,56 dteks dan kichik emas (14 metrik nomeridan yuqori, lekin 43 metrik nomeridan yuqori emas)BBni 50% pasayishi500*2,52,541.600410Eni 30 sm dan ortiq, tarkibida 5 mas.% yoki undan ortiq elastomer iplar boʻlgan, lekin rezina iplar boʻlmagan mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolarBBni 50% pasayishi1000*5542.600690Eni 30 sm dan ortiq, boshqa turdagi mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolarBBni 20% pasayishi1000*2843.740911Qalinligi 0,15 mm dan ortiq boʻlgan mis plitalar, listlar va tasmalar: tozalangan misdan: oʻramdaBBni 20% pasayishi1000*2844.740919Qalinligi 0,15 mm dan ortiq boʻlgan mis plitalar, listlar va tasmalar: tozalangan misdan: boshqalarBBni 20% pasayishi0 — 200 — 40*0 — 40 — 2045.850819Changsoʻrgichlar: oʻrnatilgan elektrodvigatelli: boshqalarBBni 50% pasayishi va QBBni 100% pasayishi15 — 202 — 40*9,5 — 147,5 — 1046.851779Telefon apparatlari, uyali aloqa tarmoqlari yoki boshqa simsiz tarmoqlar uchun telefonlar va ovozni, tasvirlarni yoki boshqa maʼlumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun boshqa apparatlarning qismlari, boshqa joyda koʻrsatilmaganBBni 100% pasayishi1005105
* Regulyativ boj qoʻllanilganda, unga nisbatan “0” miqdorida boj qoʻllaniladi.
I-B ILOVA
Pokiston Islom Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi moʻljallangan tovarlar roʻyxati
T/rTIF TN kodiMahsulot nomiOʻzbekiston Respublikasida tarif pasayishi %Oʻrnatilgan bojxona boji miqdori (BB) %Imtiyoz marjasi %Qayta koʻrib chiqilgan bojxona boji %1.080390Yangi yoki quritilgan bananlar (plantaynlardan tashqari)BBni 50% pasayishi20, lekin har bir kilogrammi uchun 0,2 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda10, lekin har bir kilogrammi uchun 0,1 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda10, lekin har bir kilogrammi uchun 0,1 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda2.080529Yangi yoki quritilgan vilkinglar va shunga oʻxshash sitrus duragaylariBBni 100% pasayishi20, lekin har bir kilogrammi uchun 0,2 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda20, lekin har bir kilogrammi uchun 0,2 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda03.110812Makkajoʻxori nishtariBBni 100% pasayishi5504.190531Shirin pechenyeBBni 20% pasayishi20, lekin 1 kg uchun 0.30 AQSH dollaridan kam emas416, lekin 1 kg uchun 0.24 AQSH dollaridan kam emas5.190590Non, pishiriqlar, keks, pechenye va boshqa tarkibida kakao boʻlgan yoki boʻlmagan non mahsulotlari; vafli plastinalari, farmatsevtika maqsadlari uchun yaroqli boʻsh kapsulalar, muhrlash uchun vafli oblatkalari, guruchli qogʻoz va oʻxshash mahsulotlar (qizdirilgan non, pryanik va shu kabilar, shirin pechenye, boshqa joyda qayd etilmagan vaflilar, suxariklar, krakerlar, qovurilgan non va shunga oʻxshash qovurilgan mahsulotlardan tashqari)BBni 30% pasayishi20, lekin 1 kg uchun 0.30 AQSH dollaridan kam emas614, lekin 1 kg uchun 0.21 AQSH dollaridan kam emas6.240120Qisman yoki toʻla ajratilgan oʻrta paychali tamakiBBni 40% pasayishi5237.252329Portlandsement (oq, sunʼiy boʻyalgan yoki boʻyalmagandan tashqari)BBni 100% pasayishi303008.320810Boʻyoqlar va laklar. shu jumladan, suvsiz muhitda disperslangan yoki eritilgan poliyesterlar asosidagi emal va laklar; ogʻirligi boʻyicha > 50% erituvchini oʻz ichiga olgan uchuvchan organik erituvchilardagi poliyesterlarga asoslangan eritmalarBBni 20% pasayishi10289.320910Boʻyoqlar va laklar, shu jumladan, suvli muhitda tarqalgan yoki erigan akril yoki vinil polimerlarga asoslangan emallar va laklarBBni 20% pasayishi102810.382499Kimyoviy mahsulotlar va kimyo yoki unga aloqador sanoat mahsulotlari, shu jumladan, tabiiy mahsulotlarning aralashmalaridan tashkil topganlarBBni 20% pasayishi3062411.392020Gʻovak boʻlmagan va mustahkamlanmagan, qatlamsiz va shunga oʻxshash boshqa materiallar bilan birlashtirilmagan, plastmassadan plitalar, listlar, plenkalar,tasmalar va lentalar (oʻzi yelimlanuvchi mahsulotlar va 3918 tovar pozitsiyasidagi tom yopmalar)BBni 20% pasayishi102812.392062Qayta ishlanmagan yoki usti qayta ishlangan yoki oddiy holda kvadrat yoki uchburchak shaklda kesilgan, mustahkamlanmagan, laminatlanmagan yoki shunga oʻxshash boshqa materiallar bilan birlashtirilmagan, gʻovak boʻlmagach polietilentereftalatdan plitalar, listlar, plenkalar, tasmalar va lentalar (polimetilmetakrilatdan materiallar, oʻzi yelimlanuvchi va pol, devor va tomni yopuvchi 3918 tovar pozitsiyasidagi mahsulotlardan tashqari)BBni 100% pasayishi1010013.700529Termopoliyalangan shisha va listlarda sayqallangan va jilolangan hamda boshqa usullar bilan ishlov berilmagan shisha (simli oynalar yoki butun massasi boʻylab rangli shishalar “tanasi boʻyalgan”, xiralashgan, chaqnagan yoki shunchaki yuzaki tuproq yoki changni yutish, aks ettiruvchi yoki aks ettirmaydigan qatlamga ega shisha bundan mustasno)BBni 20% pasayishi102814.701090Tovarlarni tijorat tashish yoki qadoqlash uchun ishlatiladigan shisha idishlar, shishalar, kolbalar, koʻzalar, kostryulkalar, kolbalar va boshqa idishlar va shisha saqlash idishlari (atomizatorlar uchun ampulalar, idishlar uchun shisha idishlar, vakuum izolyatsiyasi, parfyumeriya atomizatorlari, kolbalar, butilkalar va boshqalar bundan mustasno)BBni 100% pasayishi1010015.730690Temir yoki poʻlatdan quvurlar, quvurlar va ichi boʻsh profillar “masalan, ochiq tikuv, perchinlangan yoki shunga oʻxshash yopiq” (ichki va tashqi dumaloq kesimlari va tashqi diametri > 406,4 mm. boʻlgan quyma temir, choksiz yoki payvandlangan quvurlar va quvurlar va quvurlar va quvurlardan tashqari)BBni 100% pasayishi55016.820559Boshqa qoʻl asboblari (shu jumladan olmosli shisha keskichlar): boshqa joyda koʻrsatilmaganBBni 40% pasayishi104617.851712Uyali aloqa tarmoqlari yoki boshqa simsiz tarmoqlar uchun telefonlar “mobil telefonlar”BBni 20% pasayishi51418.080450Yangi yoki quritilgan guava, mango va mangostin yoki garsiniyaBBni 80% pasayishi10, lekin har bir kilogrammi uchun 0,2 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda8, lekin har bir kilogrammi uchun 0,16 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda2, lekin har bir kilogrammi uchun 0,04 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda19.080510Yangi yoki quritilgan apelsinBBni 60% pasayishi20, lekin har bir kilogrammi uchun 0,2 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda12, lekin har bir kilogrammi uchun 0,12 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda8, lekin har bir kilogrammi uchun 0,08 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda20.080521Yangi yoki quritilgan mandarinlar (shu jumladan, mandarin va satsuma)BBni 60% pasayishi20, lekin har bir kilogrammi uchun 0,2 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda12, lekin har bir kilogrammi uchun 0,12 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda8, lekin har bir kilogrammi uchun 0,08 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda21.281511Natriy gidroksidi (kaustik soda): qattiq shakldaBBni 100% pasayishi55022.340231Liniyali alkilbenzolsulfokislotalar va ularning tuzlariBBni 20% pasayishi51423.380991Toʻqimachilik, qogʻoz, charm yoki shunga oʻxshash sanoatda qoʻllaniladigan, boshqa joyda koʻrsatilmagan yoki kiritilmagan, yuvish vositalari, boʻyashni tezlashtiruvchi yoki boʻyoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa preparatlar va preparatlar (masalan, ishlov berish va boʻyash moddalari): toʻqimachilik sanoatida yoki shunga oʻxshash sohalarda qoʻllaniladiBBni 20% pasayishi51424.381400Murakkab organik erituvchilar va suyultiruvchilar, boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan; boʻyoq yoki laklarni olib tashlash uchun tayyor kompozitsiyalarBBni 20% pasayishi51425.390410Boshqa komponentlar bilan qoʻshilmagan polivinilxloridBBni 20% pasayishi51426.392640Statuetkalar va boshqa dekorativ buyumlarBBni 20% pasayishi102827.392690Plastmassadan tayyorlangan boshqa buyumlar va tovar pozitsiyalarining boshqa materiallaridan tayyorlangan buyumlar 3901–3914-tovar pozitsiyalari: boshqaBBni 20% pasayishi102828.401120Yangi shinalar pnevmatik pokrishkalar yangi rezinadan: yuklarni tashish uchun avtobuslar yoki motorli transport vositalari uchunBBni 20% pasayishi20, lekin har bir kilogrammi uchun 0,7 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda4, lekin har bir kilogrammi uchun 0,14 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda16, lekin har bir kilogrammi uchun 0,56 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda29.441114Yogʻochdan yoki boshqa yogʻochlashgan materiallardan qatron yoki boshqa organik moddalar qoʻshib yoki qoʻshmasdan tayyorlangan yogʻoch-tolali plitalar: qalinligi 9 mm dan ortiqBBni 50% pasayishi105530.442199Boshqa yogʻoch buyumlar: boshqalar, boshqa joyda koʻrsatilmaganBBni 50% pasayishi20101031.580421Mashinada toʻqilgan krujeva: kimyoviy iplardanBBni 20% pasayishi102832.630612Tentlar, bostirmalar va markizlar: sintetik iplardanBBni 20% pasayishi2041633.701337Oshxona va oshxona idish-tovoqlari, hojatxona va kanselyariya jihozlari, uy saranjomligi yoki shu kabi maqsadlar uchun buyumlar, shishadan (7010- yoki 7018-tovar pozitsiyasining buyumlaridan tashqari): ichimlik ichish uchun idishlar, shisha keramikadan tayyorlanganlardan tashqari: boshqalarBBni 20% pasayishi1531234.732690Boshqa qora metall mahsulotlari: boshqalarBBni 50% pasayishi105535.821210UstaraBBni 20% pasayishi102836.821220Ustaralar uchun xavfsiz lezviyeBBni 20% pasayishi102837.821599Qoshiqlar, vilkalar, chelaklar, choʻmich, tort uchun qoshiq, baliq uchun pichoq, saryogʻ pichogʻi, shakar qisqichlar va shunga oʻxshash oshxona yoki ovqat idishlari: boshqalarBBni 20% pasayishi1531238.841370Boshqa markazdan qochma nasoslarBBni 50% pasayishi52,52,539.850710Elektr akkumulyatorlar, shu jumladan ular uchun separatorlar, toʻgʻri burchakli (shu jumladan kvadrat shaklidagi) yoki boshqa shakldagilar: qoʻrgʻoshinli, porshenli dvigatellarni ishga tushirish uchunBBni 20% pasayishi51440.950662Puflanadigan toʻplarBBni 20% pasayishi51441.950691Umumiy jismoniy tarbiya, gimnastika yoki atletika bilan shugʻullanish uchun anjom va uskunalarBBni 100% pasayishi55042.950699Umumiy jismoniy tarbiya, gimnastika, yengil atletika, sportning boshqa turlari (jumladan stol tennisi) bilan shugʻullanish yoki ushbu guruhning boshqa joyida nomlanmagan va kiritilmagan, ochiq havodagi oʻyinlar uchun inventar va uskunalar; suzish basseynlari va bolalar uchun basseynlar: boshqalarBBni 20% pasayishi514
II ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN POKISTON ISLOM RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
IMTIYOZLI SAVDO TOʻGʻRISIDA BITIMNING KELIB CHIQISH QOIDALARI
1. Qisqa sarlavha, muqaddima. — (1) ushbu qoidalar Oʻzbekiston-Pokiston imtiyozli savdo Bitimining Kelib chiqish qoidalari deb nomlanishi mumkin,
(2) Ular -------------------- dan kuchga kiradi.
2. Ilova. — Ushbu qoidalar Bitim doirasida koʻzda tutilgan va har bir Ahdlashuvchi Tomonning hududidan yuborilgan mahsulotlarga nisbatan qoʻllaniladi.
3. 1-qoida: Atamalar
Mazkur Qoidalarning maqsadlari uchun:
a) “tovarlar” materiallar va mahsulotlarni anglatadi;
b) “materiallar” xomashyo, ingrediyent, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, kichik komponentlar, yigʻish-komponentlar va/yoki boshqa tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan yoki ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlgan tovarlarni oʻz ichiga oladi;
s) “hudud” deganda Ahdlashuvchi Tomonning hududi, shu jumladan quruqlik, ichki suvlar, hududiy dengiz va ular ustidagi havo boʻshligʻi, shuningdek, uning hududiy dengizi doirasidagi har qanday hudud tushuniladi, bunda, Tomon xalqaro huquq va uning qoidalariga muvofiq dengiz tubi va uning yer osti boyliklari va unga yaqin suv resurslarini tadqiq qilish va ulardan foydalanishning suveren huquqlariga ega.
d) “tovar turkumi” — bir yoki bir nechta yuk hujjatlari boʻyicha bir joʻnatuvchidan bir qabul qiluvchining manziliga bir vaqtning oʻzida joʻnatilgan tovarlar, shuningdek bitta pochta schyot-fakturasi boʻyicha joʻnatilgan yoki chegarani kesib oʻtuvchi bir shaxs tomonidan bagaj sifatida olib oʻtiladigan tovarlar;
e) “rezident” deganda Bitimdagi Ahdlashuvchi Tomonning qonun hujjatlariga muvofiq, ularning yashash joyi, doimiy yashash joyi, boshqaruv joyi, roʻyxatdan oʻtish va tashkil etish joyi yoki boshqa shunga oʻxshash xususiyatlar asosida soliqqa tortiluvchi har qanday jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan korxonalar yoki tashkilotlar tushuniladi;
f) “eksportyor” deganda Bitim boʻyicha boshqa davlatning rezidentiga tovar yetkazib beruvchi, tashqi savdo Bitimining ishtirokchi Tomoni boʻlgan Bitimga aʼzo davlatlardan birining rezidenti tushuniladi;
g) “importyor” deganda Bitimning ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlat rezidenti tomonidan yetkazib berilgan tovarlarni Bitimning ishtirokchisi boʻlgan davlatda qabul qiluvchi, tashqi savdo Bitimining ishtirokchi Tomoni boʻlgan Bitimga aʼzo davlatlardan birining rezidenti tushuniladi;
h) “yuk joʻnatuvchi/qabul qiluvchi” transport hujjatlarida koʻrsatilgan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarga muvofiq, yukni tashuvchiga oʻtkazgan / qabul qilgan yoki tashuvchiga oʻtkazmoqchi boʻlgan / qabul qilmoqchi boʻlgan shaxsni anglatadi;
i) “Vakolatli organlar” deganda mazkur Bitim doirasida Kelib chiqish sertifikatini berish uchun masʼul boʻlgan, pokiston tomoni uchun “Pokiston Savdoni rivojlantirish boshqarmasi” va oʻzbek tomoni uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” tushuniladi;
j) IP (UZPPTA) shakldagi Kelib chiqish sertifikati vakolatli organ tomonidan berilgan va tovar kelib chiqqan mamlakatni tasdiqlovchi hujjatni anglatadi;
k) “kelib chiqqan mahsulotlar” 2-qoida shartlariga muvofiq kelib chiquvchi deb hisoblanadigan mahsulotlarni anglatadi;
l) “kelib chiqishi aniqlanmagan materiallar” deganda tovarlar kelib chiqqan mamlakatni yetarli darajada qayta ishlash mezoniga muvofiq aniqlashda kelib chiqishi aniqlanmagan materiallar xorijiy materiallar sifatida qaraladi;
m) “ishlab chiqarish” deganda tovarlarni yetishtirish usullari, jumladan, oʻstirish, kon qazish, hosilni yigʻib olish, yetishtirish, urugʻlantirish, qazib olish, aralashtirish, toʻplash, baliq tutish, ovlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash yoki yigʻish;
n) “mahsulotlar” toʻliq olingan/ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni anglatadi, hattoki kelgusida boshqa ishlab chiqarish operatsiyasida foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa ham;
o) “CIF” import qilinadigan tovarning qiymati anglatadi va import qilinadigan mamlakatga kirish joyi yoki portiga qadar yuk va sugʻurta narxini ham oʻz ichiga oladi;
p) “GʻOV” xorijga yakuniy joʻnatish joyiga yoki portiga tashish xarajatlarini oʻz ichiga oluvchi tovar qiymati;
q) “Uygʻunlashtirilgan Tizim” Jahon bojxona tashkiloti doirasida kelishilgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimini anglatadi;
r) “franko zavod narxi” deganda olingan mahsulotni eksport qilishda toʻlanadigan yoki toʻlanishi mumkin boʻlgan har qanday ichki soliqlar olib tashlanib, ishlatilgan barcha materiallarning narxini oʻz ichiga olgan holda, Ahdlashuvchi Tomondagi oxirgi ishlash va qayta ishlash amalga oshirilgan korxonadagi ishlab chiqaruvchiga franko-zavodni hisobga olmagan holda mahsulot uchun toʻlangan narxni anglatadi.
4. 2-qoida: Kelib chiqish mezoni
Bir Ahdlashuvchi Tomon hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomondan olib kiriladigan va ushbu Bitimning 7-qoidasi talablariga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri joʻnatiladigan mahsulotlar, agar ular quyidagi shartlardan birortasi boʻyicha kelib chiqishi toʻgʻrisidagi talabga javob bergan taqdirda, imtiyozlarga ega boʻladi:
(a) toʻliq olingan/ishlab chiqarilgan va 3-qoidada belgilangan mahsulotlar yoki
(b) 4-qoida yoki 5-qoidaga muvofiq boʻlishi sharti bilan yetarlicha ishlangan yoki qayta ishlangan mahsulotlar.
5. 3-qoida: Toʻliq olingan mahsulotlar
2(a)-qoidaning maʼnosiga koʻra quyidagilar eksport qiluvchi Tomonda toʻliq olingan/ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:
(a) U yerda ekilgan, terilgan yoki yigʻilgan oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlari: Jonli
(b) u yerda tugʻilib oʻsgan tirik hayvonlar:
(s) yuqoridagi (b) bandda koʻrsatilgan tirik hayvonlardan olingan mahsulot;
(d) ov qilish, tuzoqqa tushirish, baliq ovlash, akvakulturadan olingan mahsulotlar; u yerda yigʻish yoki ushlash;
(e) Tuproq suvlaridan, dengiz tubidan yoki dengiz tubi ostidan qazib olingan yoki olingan (a) — (d) bandlariga kiritilmagan minerallar va boshqa tabiiy moddalar;
(f) Ushbu Tomonning hududiy suvlaridan tashqaridagi suvlardan, dengiz tubidan yoki dengiz tubi ostidan olingan mahsulotlar, agar Tomon xalqaro huquqqa muvofiq bunday suvlardan, dengiz tubidan va dengiz tubi ostidan foydalanish huquqiga ega boʻlsa;
(g) Tomonlardan birida roʻyxatdan oʻtgan yoki ushbu Tomon bayrogʻini koʻtarish huquqiga ega boʻlgan ochiq “dengiz kemalaridan” olingan dengiz baliq ovlash mahsulotlari va boshqa dengiz mahsulotlari;
(h) Tomonlardan birida roʻyxatdan oʻggan yoki ushbu Tomon bayrogʻini koʻtarish huquqiga ega boʻlgan zavod kemalarida yuqoridagi (g) bandda koʻrsatilgan mahsulotlardan qayta ishlangan va/yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlar:
(i) Muayyan mamlakat hududida amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa operatsiyalar natijasida hosil boʻlgan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;
(j) Tomonlardan birida faqat yuqoridagi (a) dan (j) gacha boʻlgan bandlarda koʻrsatilgan mahsulotlardan olingan/ishlab chiqarilgan tovarlar.
6. 4-qoida: Yetarlicha ishlangan yoki qayta ishlangan mahsulotlar
2(b)-qoida maʼnosiga koʻra, yetarlicha ishlash/qayta ishlash mezoni quyidagi shartlarning bajarilishi bilan ifodalanishi mumkin:
a) qayta ishlash natijasida sodir boʻlgan birinchi toʻrtta belgidan kamida bittasi darajasida UT kodi ostidagi tovar pozitsiyasining oʻzgarishi sodir boʻlsa/yoki
b) advalorem qoidasi, xorijda ishlab chiqarilgan foydalanilgan materiallarning tannarxi yakuniy mahsulot franko zavod narxining 18% dan oshmaganda.
Bunda kelib chiqishi aniq boʻlmagan materiallarning qiymati shunday boʻlishi kerak:
(I) materiallarni olib kirish vaqtidagi CIF qiymati; yoki
(II) ishlab chiqarish yoki qayta ishlash amalga oshiriladigan Tomon hududida kelib chiqishi nomaʼlum materiallar uchun toʻlanadigan eng dastlabki aniqlangan narx.
7. 5-qoida: Kelib chiqish kumulyatsiya qoidasi
Agar Bitim ishtirokchi-davlatlaridan birida yakuniy mahsulotni ishlab chiqarishda Bitimning boshqa ishtirokchi-davlatidan olingan, IP UZPPTA shaklidagi kelib chiqish sertifikati bilan tasdiqlangan materiallardan foydalanilsa, Bitim tarafi boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonda bosqichma-bosqich qayta ishlash sharti bilan bunday tovarlarning kelib chiqqan mamlakati, agar Ahdlashuvchi Tomonlarning birortasidan kelib chiqmagan materiallar tegishli ravishda 4-qoidaga toʻgʻri keladigan boʻlsa, uning hududida oxirgi marta qayta ishlangan mamlakat hisoblanadi.
8. 6-qoida: Minimal darajadagi operatsiyalar va jarayonlar
Quyida sanab oʻtilgan operatsiyalar yoki jarayonlar oʻzlari yoki bir-biri bilan birgalikda amalga oshiriladigan minimal operatsiyalar yoki jarayonlar deb hisoblanadilar va 2-qoidaga muvofiq kelib chiqishni aniqlashda hisobga olinmasligi lozim.
(a) mahsulotlarni tashish yoki saqlash uchun operatsiyalar;
(b) qadoqlashning oʻzgarishi yoki paketlarning parchalanishi va yigʻilishi;
(s) oddiy tozalash, shu jumladan oksid, yogʻ, boʻyoq yoki boshqa qoplamalarni olib tashlash;
(d) oddiy boʻyash va bugʻlatish operatsiyalari;
(e) oddiy sinov yoki kalibrlash;
(f) don va guruchni qobiqdan tozalash, qisman yoki toʻliq oqartirish, sayqallash va sirlash;
(g) charxlash, oddiy silliqlash, kesish yoki oddiy kesish;
(h) shisha idishlar, bankalar, tunika idishlar, flyagalar, qoplar, korobka qutilarga oddiy joylashtirish, kartalar yoki taxtalarga qayd etish (fiksatsiya) va boshqa barcha oddiy qadoqlash operatsiyalari;
(i) mahsulotlarga yoki ularning qadoqlariga markalar, yorliqlar, logotiplar va shu kabi farqlovchi belgilarni yopishtirish yoki chop etish;
(j) har xil turga oid boʻlgan yoki boʻlmagan mahsulotlarni oddiy aralashtirish;
(k) toʻliq mahsulotni yaratish uchun mahsulotlar lotoklarini oddiy shaklda yigʻish;
(l) chorva mollarini soʻyish.
9. 7-qoida: Toʻgʻridan-toʻgʻri tashish
Quyidagilar eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomondan import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonga toʻgʻridan-toʻgʻri joʻnatilgan deb hisoblanadi:
(a) Agar mahsulot Ahdlashuvchi boʻlmagan Tomon hududidan oʻtmasdan tashilgan boʻlsa;
(b) Quyidagi shartlarni bajargan holda, yuk tashish yoki vaqtincha saqlash bilan yoki yuklamasdan, tashishi bir yoki bir nechta oraliq Ahdlashuvchi boʻlmagan Tomonlar mamlakatlari orqali tranzitni oʻz ichiga olgan mahsulotlar:
(i) Tranzitga kirish geografik sabablarga koʻra yoki faqat transport talablari bilan bogʻliq mulohazalar bilan oqlangan;
(ii) Mahsulotlar u yerda savdoga yoki isteʼmolga kirmagan;
(iii) Mahsulotlar u yerda tushirish va qayta toklash yoki ularni yaxshi holatda saqlash uchun zarur boʻlgan har qanday operatsiyadan tashqari hech qanday operatsiyadan oʻtmagan, va
(iv) Yuqoridagi (ii) va (iii) bandlarida koʻrsatilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, masalan, eksport qiluvchi mamlakatdan tranzit mamlakat orqali oʻtishni qamrab oluvchi konnosament yoki bitta transport hujjati; yoki ular bajarilmasa, har qanday tasdiqlovchi hujjatlar.
10. 8-qoida: Paketlar va qadoqlash materiallarini hisobga olish
(a) Agar mahsulot qoʻshilgan qiymat mezoniga taalluqli boʻlsa, chakana savdo uchun qadoqlash va qadoqlash materiallarining qiymati, agar qadoqlash mahsulot bilan bir butunni tashkil etsa, uning kelib chiqishini baholashda hisobga olinishi lozim.
(b) Yuqoridagi (a) bandi qoʻllanilmasa, mahsulotning kelib chiqishini aniqlashda oʻramlar va qadoqlash materiallari hisobga olinmasligi lozim.
(s) Tovarning kelib chiqishini aniqlashda faqat mahsulotni tashish uchun ishlatiladigan idishlar va qadoqlash materiallari hisobga olinmasligi lozim.
11. 9-qoida: Aksessuarlar, ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar
Mashina, asbob-uskunalar, apparat yoki transport vositalarining qismi sifatida joʻnatilgan aksessuarlar, ehtiyot qismlar va asbob-uskunalarning kelib chiqishi mashina, asbob-uskunalar, apparat yoki transport vositalari bilan bir xil deb hisoblanadi,agar:
(a) ular oddiy uskunaning bir qismi boʻlsa; va
(b) ular uning narxiga kiritilgan boʻlsa; yoki
(s) ular alohida hisoblanmagan boʻlsa.
12. 10-qoida: Bilvosita materiallar
Mahsulot kelib chiqishini aniqlash uchun uni ishlab chiqarishda foydalanish mumkin boʻlgan quyidagi mahsulotlarning kelib chiqishini aniqlash shart emas:
(a) energiya va yoqilgʻi;
(b) zavod va uskunalar;
(s) mashinalar va asbob-uskunalar;
(d) mahsulotning yakuniy tarkibiga kirmaydigan va kirish uchun moʻljallanmagan tovarlar.
13. 11-qoida: Kelib chiqish sertifikati
Mahsulotlar imtiyozga ega boʻlishi uchun A ilovaga muvofiq IP shaklida (UZPPTA), eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan va Bitimning boshqa Ahdlashuvchi Tomoniga xabar qilingan vakolatli organ tomonidan Imtiyozli savdoda kelib chiqish qoidalarini ishlatish tartib-qoidalariga muvofiq berilgan kelib chiqish sertifikati bilan tasdiqlanishi kerak.
14. 12-qoida: Qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirish
Ushbu qoidalar Ahdlashuvchi Tomonlarning iltimosiga binoan va zarurat tugʻilganda qayta koʻrib chiqilishi va oʻzgartirilishi mumkin va Ahdlashuvchi Tomonlar kelishilgan holda bunday koʻrib chiqish va oʻzgartirishlar kiritishi uchun ochiq boʻlishi mumkin.
III ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA POKISTON ISLOM RESPUBLIKASI OʻRTASIDA IMTIYOZLI SAVDODA KELIB CHIQISH QOIDALARINI ISHLATISH TARTIB-QOIDALARI
Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida imtiyozli savdoda kelib chiqish qoidalarini amalga oshirish maqsadida kelib chiqish sertifikatini (IP shakli) berish va tekshirish va boshqa tegishli maʼmuriy masalalar boʻyicha quyidagi operativ tartib-qoidalar qoʻllaniladi:
1-modda:
Kelib chiqish sertifikati eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning davlat organlari tomonidan beriladi.
Sertifikat Ahdlashuvchi Tomonlarning qonun hujjatlariga muvofiq vakolat berilgan organ tomonidan berilishi kerak.
2-modda:
(a) Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni bergan tegishli Davlat Organlarining nomlari va manzillarini maʼlum qiladi hamda oʻzlarining Davlat Organlari tomonidan qoʻllaniladigan imzo va muhrlar namunalarini taqdim etishi shart.
(b) Ismlar, manzillar yoki rasmiy muhrlardagi har qanday oʻzgarishlar yuqorida qayd etilganidek, darhol xabardor qilinishi kerak.
3-modda:
Imtiyozli rejim shartlarini tekshirish maqsadida kelib chiqish sertifikatini berishga tayinlangan Davlat Organlari har qanday tasdiqlovchi hujjatli dalillarni talab qilishga yoki tegishli deb topilgan har qanday tekshiruvni oʻtkazishga haqli. Agar bunday huquqni amaldagi milliy qonunlar va qoidalar orqali olish mumkin boʻlmasa, u quyidagi 4 va 5-qoidalarda koʻrsatilgan ariza shakliga band sifatida kiritiladi.
4-modda:
Imtiyozli rejimga ega boʻlgan mahsulotlarni eksport qiluvchi va (yoki) ishlab chiqaruvchi davlat organlariga mahsulotning kelib chiqishini eksportdan oldin tekshirishni soʻrab yozma ariza bilan murojaat qiladi. Vaqti-vaqti bilan yoki kerak boʻlganda koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan tekshirish natijalari keyinchalik eksport qilinadigan ushbu mahsulotlarning kelib chiqishini tekshirishda tasdiqlovchi dalil sifatida qabul qilinadi. Oldindan tekshirish tabiatiga koʻra kelib chiqishi osongina tekshirilishi mumkin boʻlgan mahsulotlarga nisbatan qoʻllanilmasligi mumkin.
5-modda:
Imtiyozli rejimda boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish boʻyicha rasmiyatchiliklarni amalga oshirish vaqtida eksportyor yoki uning vakolatli vakili tegishli tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tovar kelib chiqish sertifikatini olish uchun, eksport qilinadigan mahsulotlar kelib chiqish sertifikatini berishga muvofiqligini isbotlagan holda yozma ariza taqdim etadi.
6-modda:
Tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni berishga tayinlangan Davlat Organlari oʻzlarining vakolatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kelib chiqish sertifikatiga har bir arizani, quyidagilarni taʼminlash uchun, tegishli ekspertizadan oʻtkazishlari shart:
(a) Ariza va kelib chiqish sertifikati tegishli tarzda toʻldirilgan va vakolatli imzolovchi tomonidan imzolangan boʻlishi;
(b) Mahsulotning kelib chiqishini Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi imtiyozli savdo Bitimining kelib chiqish qoidalariga muvofiqligi;
(s) Kelib chiqish sertifikatining boshqa tasdiqlari taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjat dalillariga mos kelishi;
(d) eksport qilinadigan mahsulotlarning TIF TN kodi, qiymatlari, tavsifi va miqdori oʻzaro mos kelishi.
7-modda:
(a) Kelib chiqish sertifikati IP shaklida koʻrsatilganidek, namunaga mos keladigan ISO A4 oʻlchamdagi qogʻozda boʻlishi kerak. U ingliz tilida tayyorlanishi kerak.
(b) Kelib chiqish sertifikati bitta asl nusxadan va uchta nusxadan iborat boʻlishi kerak.
(s) Har bir kelib chiqish sertifikatida har bir joy yoki idora tomonidan alohida berilgan maʼlumotnoma raqami boʻlishi kerak.
(d) Asl nusxasi eksportyor tomonidan import qilinayotgan joydagi bojxona organlariga taqdim etish uchun import qiluvchiga yuboriladi.
Ikki nusxasi eksportyorda, toʻrtta nusxadan biri esa eksport qiluvchi mamlakatdagi hujjatni beruvchi organda saqlanadi.
(e) Kelib chiqish sertifikatining amal qilish muddati u berilgan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.
8-modda:
Kelib chiqish sertifikatida oʻchirish yoki qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Har qanday oʻzgartirishlar notoʻgʻri materiallarni olib tashlash va kerakli qoʻshimchalarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Bunday oʻzgartirishlar ariza beruvchining vakolatli imzolovchisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli Davlat Organlari tomonidan tasdiqlanadi. Foydalanilmayotgan boʻshliqlar keyingi qoʻshimchalarning oldini olish uchun chizilgan boʻlishi kerak.
9-modda:
(a) Kelib chiqish sertifikati eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning tegishli organlari tomonidan eksportdan oldin yoki eksport vaqtida yoki undan keyin 3 kun ichida eksport qilinadigan mahsulot kelib chiqish qoidalariga asosan, ushbu Ahdlashuvchi Tomonda ishlab chiqarilgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan hollarda beriladi.
(b) Istisno hollarda, kelib chiqish sertifikati eksport qilishdan oldin yoki vaqtida yoki undan keyin ixtiyoriy xatolar yoki kamchiliklar yoki boshqa asosli sabablarga koʻra berilmagan boʻlsa, tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat retrospektiv tarzda, lekin tovar ortilganidan soʻng bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda, IP shaklning 11-bandida “Keyinchalik (retrospektiv) BERILGAN” degan soʻzlar bilan berilishi mumkin.
10-modda:
Tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat oʻgʻirlangan, yoʻqolgan yoki yoʻq qilingan taqdirda eksportyor uni bergan davlat organlariga eksport hujjatlari asosida tuzilgan kelib chiqishi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasini va uch nusxani soʻrab yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda, kelib chiqish sertifikatining asl nusxasi 12-bandda koʻrsatilganidek “DUBLIKAT” shaklida beriladi. Ushbu dublikatda dastlab berilgan kelib chiqish sertifikatining asl sanasi koʻrsatilgan boʻlishi va asl sertifikatning amal qilish muddati ichida berilishi lozim.
11-modda:
1. Ahdlashuvchi Tomonlar kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatlarni berish qoidalariga muqobil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida imtiyozli savdo Bitimi doirasida elektron shaklda berilgan tovar kelib chiqish sertifikatlarini qabul qiladilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar elektron maʼlumotlar almashinuvi bayonnomasi imzolangan va amalga oshirilgandan soʻng, elektron tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni chiqarishga tayyorligi va uni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha texnik masalalar (elektron sertifikat berish, topshirish va tekshirish) toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
3. Kelib chiqish sertifikatining asl yoki elektron shakli import qiluvchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan tegishli mahsulotlarga import deklaratsiyasini topshirish vaqtida tegishli bojxona organlariga taqdim etiladi.
12-modda:
Kelib chiqish sertifikatini taqdim etish uchun quyidagi muddatga rioya qilish kerak:
(a) Kelib chiqish sertifikati uning amal qilish muddati davomida import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organlariga taqdim etiladi
(b) Kelib chiqish sertifikati import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning tegishli bojxona organlariga uni taqdim etish muddati tugaganidan keyin taqdim etilgan taqdirda, muddatga rioya qilmaslik fors-major holatlari yoki har ikki Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunchiligiga muvofiq tegishli tarzda tasdiqlangan eksportyorga bogʻliq boʻlmagan boshqa asosli sabablar yuz bergan hollarda; va
(s) Import qiluvchi Tomonning tegishli bojxona organlari mahsulot kelib chiqish sertifikatining amal qilish muddati tugagunga qadar import qilingan barcha hollarda, bunday kelib chiqish sertifikatini qabul qilishi mumkin.
13-modda:
Eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonda ishlab chiqarilgan va GʻOV qiymati 200 AQSH dollaridan oshmaydigan tovar turkumi uchun kelib chiqish sertifikatini taqdim etish talab etilmaydi, shuningdek, eksportyor tovarning eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonda ishlab chiqarilganligini tasdiqlash uchun tijorat hujjatidagi soddalashtirilgan deklaratsiyadan foydalanadi. FOB qiymati 200 AQSH dollaridan oshmaydigan pochta orqali yuborilgan mahsulotlarga nisbatan ham xuddi shunday muomala qilinadi.
Bunda, tovar turkumi bitta shartnoma asosida yetkazib berilgan tovarlarning muayyan bir qismi boʻlmasligi lozim.
14-modda:
1. Import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organlariga tovarlarni chiqarish maqsadida taqdim etilgan hujjatlar hamda tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatdagi maʼlumotlar oʻrtasida kichik nomuvofiqliklar aniqlansa, mazkur nomuvofiqliklar agar sertifikatdagi maʼlumotlar haqiqatan ham taqdim etilgan mahsulotlarga mos keladigan boʻlsa, tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat haqiqiy emas deb hisoblanishiga yagona sabab boʻlishiga olib kelmaydi.
Kichik nomuvofiqliklar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
• Kelib chiqish sertifikatidagi grammatik xatolar,
• Kelib chiqish sertifikati va tasdiqlovchi hujjatlar oʻrtasidagi tovarlar tavsifida kichik farqlar.
2. Kelib chiqish sertifikatiga bunday tuzatishlar va/yoki qoʻshimchalarni ustidan chizish va toʻgʻrilangan maʼlumotlarni bosma yoki qoʻlda yozish yoʻli bilan amalga oshiriladi hamda IP (UZPPTA) shakldagi kelib chiqish sertifikatini bergan vakolatli shaxsning imzosi va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlanadi.
15-modda:
(a) Import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon tasodifiy va/yoki hujjatning haqiqiyligiga yoki koʻrib chiqilayotgan mahsulotlarning yoki uning ayrim qismlarining asl kelib chiqishi haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga asosli shubha tugʻilsa, qayta tekshiruvini (retrospektiv) amalga oshirilishini soʻrashi mumkin.
b) Soʻrov tegishli kelib chiqish sertifikati bilan birga boʻlishi kerak va agar qayta tekshiruv tasodifiy asosda soʻratmagan boʻlsa, ushbu kelib chiqish sertifikatida keltirilgan maʼlumotlar notoʻgʻri boʻlishi mumkinligini belgilaydigan sabablar va har qanday qoʻshimcha maʼlumotni koʻrsatishi kerak.
(s) Import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning Bojxona Organlari tekshiruv natijalarini kutgan holda imtiyozli rejim toʻgʻrisidagi qoidalarni toʻxtatib turishi mumkin. Biroq, import taqiqlangan yoki cheklanmagan deb hisoblansa va firibgarlikka shubha boʻlmasa, u zarur deb topilgan xar qanday maʼmuriy choralarni qoʻllagan holda import qiluvchiga mahsulotlarni berishi mumkin.
(d) Qayta tekshiruv (retrospektiv) toʻgʻrisidagi soʻrovni qabul qilgan davlat organlari soʻrovga zudlik bilan javob berishi va soʻrov olingan kundan boshlab uch (3) oydan kechiktirmay javob berishi kerak. Agar eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon belgilangan muddatda tegishli javobni taqdim etmasa, import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organi oxirgi soʻrovni qoʻshimcha uch (3) oy muddatga yuboradi.
16-modda:
Ahdlashuvchi Tomonlardan biriga eksport qilinadigan mahsulotlarning barchasi yoki bir qismining belgilangan manzili oʻzgartirilganda, ular Tomonga kelishidan oldin yoki keyin kuyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
(a) Agar tovar import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organlariga taqdim etilgan boʻlsa, import qiluvchining yozma arizasiga koʻra kelib chiqish sertifikati import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning Vakolatli Organlari tomonidan berilgan yangi sertifikat bilan almashtiriladi.
(b) Kelib chiqish sertifikatida koʻrsatilganidek, import qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonga tashish paytida belgilangan manzil oʻzgargan boʻlsa, eksportchi mahsulotning barcha yoki bir qismini yangi berish toʻgʻrisida berilgan kelib chiqish sertifikati bilan birga yozma ariza bilan murojaat qiladi.
17-modda:
(a) Kelib chiqish sertifikati bilan bogʻliq firibgarlik harakatlari sodir egilganligiga gumon qilinganda, tegishli Davlat Organlari tegishli Ahdlashuvchi Tomon hududida tegishli shaxslarga nisbatan koʻriladigan choralarni koʻrishda hamkorlik qiladilar.
(b) Har bir Ahdlashuvchi Tomon kelib chiqish sertifikati bilan bogʻliq soxta harakatlar uchun qonuniy jazo choralarini taʼminlash uchun javobgardir.
18-modda:
Mahsulotning kelib chiqishini aniqlash, tasniflash yoki boshqa masalalar boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, har ikki import qiluvchi va eksport qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonlarning manfaatdor Davlat Organlari nizoni hal qilish uchun bir-biri bilan maslahatlashadilar va natijasi boʻyicha maʼlumot uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonga xabar qilishlari lozim.
1. Ekspotyor nomi va manzili Sertifikat raqami Oʻzbekiston-Pokiston oʻrtasidagi imtiyozli savdo Bitimi (UZPPTA) Kelib chiqish sertifikati (Birlashtirilgan Deklaratsiya va Sertifikat) IP forma ___________ (mamlakat)da berilgan Izohlarga qarang 2. Qabul qiluvchi nomi va manzili 3. Transport vositalari va marshrut (maʼlum boʻlishicha) 4. Paketlardagi belgilar va raqamlar; paketlarning soni va turi; tovarlarning tavsifi; TIF TN kodi Joʻnab ketish sanasi Kema / parvoz raqami Yuklash porti Chiqarish / tushirish porti 5. Tovar raqami 6. Kelib chiqish mezoni 7. Brutto vazni, miqdori 8. Invoys sanasi va raqami 9. Izohlar 10. Eksportyor deklaratsiyasi Imzolovchilar yuqoridagi tafsilotlar va bayonotlarning toʻgʻri ekanligi va tovarlar ................................. (mamlakat)da ishlab chiqarilganligi va ........................... .............. (import qiluvchi mamlakat)ga eksport qilinayotgan tovarlarning Oʻzbekiston-Pokiston oʻrtasidagi Imtiyozli savdo Bitimi Tovarlarning kelib chiqish qoidalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq ekanligini tasdiqlaydilar ............................................... ......... Vakolatli imzolovchining joyi va sanasi, ismi, imzosi va korxonasi 11. Sertifikatlash Shu bilan amalga oshirilgan nazorat asosida eksportyor tomonidan deklaratsiya toʻgʻri ekanligi tasdiqlanadi. ................................................................................. ........................................................... Sertifikat beruvchi vakolatli organ / shaxsning joyi va sanasi, imzosi va shtampi
