11-modda:
Imtiyozli savdo toʻgʻrisida · Sana: 03.03.2022 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Tomonlar kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatlarni berish qoidalariga muqobil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida imtiyozli savdo Bitimi doirasida elektron shaklda berilgan tovar kelib chiqish sertifikatlarini qabul qiladilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar elektron maʼlumotlar almashinuvi bayonnomasi imzolangan va amalga oshirilgandan soʻng, elektron tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni chiqarishga tayyorligi va uni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha texnik masalalar (elektron sertifikat berish, topshirish va tekshirish) toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
3. Kelib chiqish sertifikatining asl yoki elektron shakli import qiluvchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan tegishli mahsulotlarga import deklaratsiyasini topshirish vaqtida tegishli bojxona organlariga taqdim etiladi.
