21-modda. Roʻyxatga olish markazini tugatish
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (O‘RQ-793-son) · Sana: 12.10.2022 · Amalda
Roʻyxatga olish markazi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishi mumkin.
Roʻyxatga olish markazi tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida bu haqda vakolatli davlat organiga, shuningdek sertifikatlari ushbu roʻyxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining barcha egalariga xabar qilishi shart.
Roʻyxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, ushbu roʻyxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari elektron raqamli imzolar kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa roʻyxatga olish markazlariga topshirilishi mumkin.
Boshqa roʻyxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari vakolatli davlat organiga saqlash uchun topshirilib, bu haqda mazkur elektron raqamli imzolar kalitlarining egalari yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi. Bunda elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.
