20-modda. Roʻyxatga olish markazlarining huquq va majburiyatlari
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (O‘RQ-793-son) · Sana: 12.10.2022 · Amalda
Roʻyxatga olish markazi quyidagi huquqlarga ega:
elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlarini yaratish, elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini roʻyxatga olish hamda berish;
ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan hollarda, elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash va tugatish;
elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini “bulutli texnologiyalarda” lozim darajada saqlashga doir tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
vaqt shtampini (imzolangan elektron hujjatning koʻrsatilgan vaqtda mavjudligini tasdiqlovchi rekvizitni) qoʻyish boʻyicha xizmat koʻrsatish;
elektron raqamli imzolarning kalitlarini berish toʻgʻrisida arizalar qabul qilish, roʻyxatga olish markazi nomidan elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini va elektron raqamli imzolar kalitlarining tegishli sertifikatlarini berish uchun hududiy boʻlinmalarga ega boʻlish;
elektron raqamli imzolarning kalitlarini berish, roʻyxatga olish markazi nomidan elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini hamda elektron raqamli imzolar kalitlarining tegishli sertifikatlarini berish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilishga oid vakolatlarini shartnoma asosida boshqa yuridik shaxslarga topshirish.
Roʻyxatga olish markazi:
elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini yaratish va berish jarayoni xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlarning har qanday oʻzgarishlari toʻgʻrisida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzosining yopiq kalitidan faqat oʻzi bergan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini imzolash uchun foydalanishi;
roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrishi, agar ushbu kalit boshqa shaxslar tomonidan foydalanilayotganligi yoki foydalanish rejimi buzilganligi maʼlum boʻlib qolsa, bu haqda vakolatli davlat organini darhol xabardor qilishi;
elektron raqamli imzo kalitlarining egalari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilmasligi, bundan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarida koʻrsatilgan axborot mustasno;
Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlarining reyestrini (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) yuritishi, uning oʻz vaqtida yangilanishini hamda elektron raqamli imzolar kalitlarining amaldagi, amal qilishi toʻxtatib turilgan va tugatilgan sertifikatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan jismoniy hamda yuridik shaxslarning erkin foydalanishi imkoniyatini taʼminlashi;
