39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir asosiy vazifalari
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-790-son) · Sana: 17.08.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, shuningdek favqulodda vaziyat zonasiga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika tezkor yetkazib berilishini taʼminlash;
epidemiyalar va pandemiyalar sharoitlarida karantin tadbirlarini tashkil etish, tibbiy, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlar zonasidagi atrof-muhitning radioaktiv, kimyoviy, zaharlovchi moddalar va bakterial (biologik) vositalar bilan ifloslanishini nazorat qilish.
