40-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir asosiy vazifalari
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-790-son) · Sana: 17.08.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
transchegaraviy favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi boʻlganda yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganda, shu jumladan epidemiyalar va pandemiyalarda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda chegaradosh davlat hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish;
transchegaraviy favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi boʻlganda yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda chegaradosh davlat hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish, shuningdek halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatish choralarini koʻrish;
favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi boʻlganda yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolariga yordam koʻrsatishni tashkil etish;
transchegaraviy favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi boʻlganda yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganda tegishincha ularning oldini olish yoki ularni bartaraf etish masalalarini hal etish boʻyicha siyosiy-diplomatik choralar koʻrish.
