28-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-790-son) · Sana: 17.08.2022 · Amalda
Favqulodda vaziyatlarning prognozlari, ularning roʻy berishi va oqibatlari, tegishli hududlardagi radiatsiyaviy, kimyoviy, tibbiy-biologik, yongʻin-portlash, seysmik va ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy berishiga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa omillar haqidagi maʼlumotlar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotni tashkil etadi.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot ochiqdir.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotni yashirish, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolgʻon axborot taqdim etish taqiqlanadi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot bilan taʼminlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
