17-modda. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining javobgarligi
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari:
qonunchilikka hamda shartnoma shartlariga muvofiq ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha isteʼmolchilarga sifatli xizmatlar koʻrsatmaganlik;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga belgilangan tartibda ulanish uchun texnik shartlarni isteʼmolchilarga oʻz vaqtida taqdim etmaganlik;
isteʼmolchilarni suvni hisobga olish asboblarini belgilangan muddatlarda tekshiruvdan oʻtkazish haqida ogohlantirmaganlik;
isteʼmolchining hayotiga, sogʻligʻiga hamda mol-mulkiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganlik;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining texnik holati uchun ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining foydalanishga doir javobgarligi chegaralari doirasidagi avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etmaganlik;
qonunchilikka va shartnoma shartlariga muvofiq ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining zimmasiga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgar boʻladi.
