16-modda. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining huquqlari va majburiyatlari
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
1) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni quyidagi hollarda isteʼmolchini kamida besh kalendar kun oldin xabardor qilgan holda toʻliq yoki qisman toʻxtatish:
yuridik shaxslarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari, qurilmalari hamda inshootlari texnik jihatdan yaroqsiz holga kelganda, ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan aniqlangan texnik kamchiliklar bartaraf etilmaganda;
koʻrsatilgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun isteʼmolchilarning qarzdorligi mavjud boʻlganda;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari, ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlari rejali taʼmirlanayotganda, ularga profilaktik jihatdan xizmat koʻrsatilayotganda, shuningdek yangi isteʼmolchilar ulanayotganda;
2) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni quyidagi hollarda isteʼmolchini ogohlantirmasdan toʻliq yoki qisman toʻxtatish:
tabiiy ofatlar chogʻida;
elektr energiyasini yetkazib berish ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda toʻxtatib turilganda;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarida, shuningdek ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarida avariya boʻlganda;
yongʻin oʻchogʻiga ichimlik suvi yetkazib berishni koʻpaytirish zarur boʻlganda;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tasarrufida boʻlgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga jismoniy hamda yuridik shaxslarning oʻzboshimchalik bilan ulanganligi aniqlanganda;
3) oqova suvlarni chiqarib yuborish joylarini, shuningdek isteʼmolchilarga beriladigan ichimlik suvini hisobga olish joylarini har oyda kamida bir marta inventarizatsiyadan oʻtkazish;
4) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalarining buzilishlari toʻgʻrisida davlat nazorati organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilish.
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari:
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlarning uzluksizligini va xavfsizligini taʼminlashi;
