Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro valyuta fondi, rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki, rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi, koʻp tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida (621-XII-son)
02.07.1992
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining teng huquqlik asosida jahon hamjamiyati tarkibiga kirishi zarur ekanligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlariga kirishining, bu tashkilotlarga aʼzo boʻlishining hamda ularning imkoniyatlaridan respublikani rivojlantirish uchun foydalanishining huquqiy asoslarini belgilaydi.
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro valyuta fondi (quyida Fond deb ataladi), Rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki (quyida Bank deb ataladi), Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi (quyida Assotsiatsiya deb ataladi), Xalqaro moliya korporatsiyasi (quyida Korporatsiya deb ataladi), Koʻp tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlik (quyida Agentlik deb ataladi)ning aʼzoligini qabul qilishga va shu tariqa Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya boshqaruvchilari tegishli Kengashlari, Agentlik boshqaruvchilari Kengashining Oʻzbekiston Respublikasining ana shu tashkilotlarga aʼzoligiga daxldor boʻlgan rezolyutsiyalaridagi muddatlar va shartlarni qabul qilib, matnlari ushbu Qonunning I, II, III, IV va V ilovalarida* keltirilgan barcha tuzatishlari bilan Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya, Konvensiya, Agentlikning bitimlaridagi tegishli moddalarni qabul etishga vakil qilingan.
* I, II, III, IV va V ilovalar berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Hukumatiga matni ushbu Qonunning VI-ilovasida* berilgan Fond Bitimi moddalariga taqdim etilgan Uchinchi tuzatishni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qilish huquqi beriladi.
* VI-ilova berilmaydi.
2-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Prezident tayinlashi mumkin boʻlgan boshqa shaxs:
Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya, Konvensiya, Agentlik muassasalari bitimlari moddalarining asl nusxasini imzolash, Fondga aʼzolikka doir hujjatlarni va ana shu maqsadlar uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni tayyorlash hamda kiritish;
