4-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro valyuta fondi, rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki, rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi, koʻp tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida (621-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Oʻzbekiston Respublikasining ana shu tashkilotlarga aʼzoligiga daxldor boʻlgan rezolyutsiyalardagi shartlar hamda muddatlarda va Bitim yoki Konvensiya moddalariga muvofiq ravishda Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya va Agentlikka toʻlanishi lozim boʻlgan schyotlarni qarz olish yoxud tegishli yoʻl bilan sotib olish hamda toʻlash, shuningdek Fondning maxsus huquqlarni oʻzlashtirish boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini manbalar bilan taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Fond, Bank, Assotsiatsiya va Korporatsiya bitimlarining, Konvensiyaning tegishli moddalariga va Agentlik belgilaydigan moddalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya yoki agentlik aʼzoligi uchun zarur boʻlib qolishi mumkin boʻlgan yoki aʼzoligiga muvofiq ravishda har qanday oʻzga qoʻlga oʻtkazilmaydigan foizsiz veksellar xarid qilishga haqlidir.
