2-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro valyuta fondi, rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki, rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi, koʻp tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida (621-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Prezident tayinlashi mumkin boʻlgan boshqa shaxs:
Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya, Konvensiya, Agentlik muassasalari bitimlari moddalarining asl nusxasini imzolash, Fondga aʼzolikka doir hujjatlarni va ana shu maqsadlar uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni tayyorlash hamda kiritish;
fond Bitimi moddalariga taklif etilgan Uchinchi tuzatishni Hukumat nomidan imzolash vakolati berilgandir.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti yoki u tayinlagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi nomidan matni ushbu Qonunning VII ilovasida* keltirilgan Davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari oʻrtasidagi sarmoyaga doir nizolarni tartibga solish toʻgʻrisidagi Konvensiyaning (quyida SNTSXM Konvensiyasi deb ataladi) asl nusxasini imzolashga, Fond aʼzoligiga doir hujjatlarni va ana shu maqsadlar uchun zarur boʻlib qolishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlarni tayyorlash hamda kiritishga haqlidir.
* VII-ilova berilmaydi.
