31-modda. Foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (O‘RQ-777-son) · Sana: 09.06.2022 · Amalda
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplaydi.
Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishda foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrni ularning talabiga binoan pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan quyidagi hollarda va miqdorlarda qoplanadi:
buyurtma xat, buyurtma pochta varaqchasi, buyurtma banderol yoki buyurtma mayda paket yoʻqotilganda — pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
oddiy posilka yoʻqotilganda — pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
qiymati eʼlon qilingan posilka, banderol va xat yoʻqotilganda — eʼlon qilingan qiymatining ikki baravari miqdorida va pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka, bundan eʼlon qilingan qiymat uchun tarif toʻlovi mustasno;
qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanma roʻyxati bilan joʻnatilganda joylanmaning bir qismi yetishmaganda yoki buzilganda (shikastlanganda) — joʻnatuvchi tomonidan roʻyxatda koʻrsatilgan joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi uchun eʼlon qilingan qiymatining ikki baravari miqdorida;
qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanma ularning roʻyxatisiz joʻnatilganda joylanmaning bir qismi yetishmaganda yoki buzilganda (shikastlanganda) — joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi ogʻirligining joʻnatilayotgan joylanmaning ogʻirligiga (pochta va kuryerlik joʻnatmasi oʻrovining ogʻirligisiz) nisbati bilan mutanosib tarzda aniqlanadigan pochta va kuryerlik joʻnatmasining qiymati eʼlon qilingan qismining ikki baravari miqdorida;
adresatga pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi boʻyicha pul toʻlanmaganda yoki notoʻgʻri toʻlanganda yoxud agar oʻtkazilgan pullarni adresatga berishning imkoni boʻlmagan boʻlsa, pullar joʻnatuvchiga toʻlanmagan boʻlsa — oʻtkazmaning toʻlanmagan yoki yetarlicha toʻlanmagan summasi miqdorida hamda pochta aloqasi xizmatiga toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
ustama toʻlovli yozma xat-xabarlar yoki tovarlar mavjud boʻlgan posilkalar yoʻqotilganda, oʻgʻirlanganda yoki shikastlanganda — shartnomada belgilangan summa miqdorida yoki ustama toʻlov summasi miqdorida;
adresatdan ustama toʻlov summasi yetarlicha olinmaganda yoki ustama toʻlov notoʻgʻri toʻlanganda — olinmay qolgan yoki notoʻgʻri toʻlangan ustama toʻlov summasi miqdorida;
