30-modda. Xalqaro hamkorlik
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (O‘RQ-777-son) · Sana: 09.06.2022 · Amalda
Pochta aloqasi sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Umumjahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻlgani holda yagona pochta hududiga kiradi va oʻzining butun hududida xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari tranzitining erkinligini kafolatlaydi.
Pochta aloqasining xalqaro tashkilotlari bilan huquqiy, tashkiliy va moliyaviy hamkorlik, pochta aloqasi masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining xalqaro-huquqiy himoyasi vakolatli davlat organi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Pochta aloqasining milliy operatori ushbu Qonunga muvofiq boshqa davlatlarning tayinlangan pochta aloqasi operatorlari bilan hamkorlik qiladi, Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida belgilangan qarorlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasining hududidagi ularga taalluqli boʻlgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi.
