36-modda. Shikoyatlarni koʻrib chiqish
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-765-son) · Sana: 20.04.2022 · Amalda
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar oʻz isteʼmolchilarining (mijozlarining) shikoyatlarini koʻrib chiqish tartib-taomilini belgilovchi tartibga ega boʻlishi shart.
Isteʼmolchilarning (mijozlarning) shikoyatlari ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkin va ular mikromoliya tashkilotiga yoki lombardga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan oshmagan muddatda, qoʻshimcha oʻrganish, tekshirish va (yoki) qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilib, javob yozma shaklda berilishi kerak.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar isteʼmolchilarning (mijozlarning) shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas. Shikoyatlarni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
