20-modda. Hisob roʻyxatidan oʻtish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-765-son) · Sana: 20.04.2022 · Amalda
Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) hisob roʻyxatidan oʻtish uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi.
ariza beruvchining firma nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek uning bank hisobvaragʻi rekvizitlari koʻrsatilgan arizani;
ariza beruvchining ishtirokchilari (aksiyadorlari) ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar emasligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni;
uning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun kiritilgan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni;
ariza beruvchining rahbar xodimlari ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kredit va investitsiya siyosatini, tavakkalchiliklarni, aktivlar va passivlarni boshqarish siyosatini belgilovchi hujjatlarni;
namunaviy bosh kredit shartnomasining (qayta moliyalashtirish shartnomasining) loyihasini;
keyingi uch yilga moʻljallangan biznes-rejani.
Norezidentlar tomonidan mikromoliya tashkilotini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini tashkil etish chogʻida yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) norezidentlar ishtirok etganda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yuridik shaxsni nazorat qilish organining mikromoliya tashkilotini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini tashkil etish uchun yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish uchun ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisidagi yozma tasdigʻi yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi tasdiqnoma yoki uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ mavjud emasligi toʻgʻrisida yuridik shaxsning tasdiqnomasi;
