“2571-modda. Tranzit deklaratsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son)
“2571-modda. Tranzit deklaratsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son) · Sana: 01.02.2022 · Amalda
Tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga elektron tarzda taqdim etiladi”;
51) 260-modda:
“a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) ogʻzaki shaklda:
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda;
qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi”;
“b” bandining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining”;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi”;
“g” bandining:
ikkinchi xatboshisidagi “oʻn” degan soʻz “oʻttiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “bir” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “d” band bilan toʻldirilsin:
“d) ushbu moddaning “b”, “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan foydalangan holda — elektron shaklda”;
52) 261-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida beriladi”;
53) 265-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan soʻng oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin yoki bojxona organining talabiga koʻra amalga oshiriladi”;
54) 266-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatishlar kiritish shaklini rasmiylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
55) 271-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish bojxona organlari mansabdor shaxslarining ishtirokisiz, bojxona organlarining axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin”;
56) 274-modda quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati — temir yoʻl transportida;
tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi shaxs (haydovchi yoki vakolatli shaxs) — avtomobil transportida”;
57) 289-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
58) 291-modda:
birinchi qismining:
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bojxona yigʻimlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
59) 297-modda ikkinchi qismining:
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlarga”;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlarga”;
13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13) Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga”;
60) 299-moddaning 3-bandi chiqarib tashlansin;
61) 301-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
62) 320-moddaning:
oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga kiritilgan tuzatishlarga rozi boʻlmasa, tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish sabablarini yozma ravishda tushuntirib berishni bojxona organidan soʻrab olishga haqli”;
toʻqqizinchi qismi chiqarib tashlansin;
oʻninchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
63) 321-modda oltinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshirilib, u tovarning bojxona qiymatiga nisbatan uzil-kesil qaror hisoblanadi”;
64) 328-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlovchi tomonidan toʻlanadi.
Toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarining hisobi bojxona organlarining axborot tizimida yuritiladi.
Toʻlangan bojxona toʻlovlaridan olingan mablagʻlar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holat mustasno.
Ushbu Kodeksning 262, 269 va 270-moddalariga muvofiq tovarlarni deklaratsiyalashda toʻlangan bojxona toʻlovlari lozim darajada toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilishi yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Bojxona toʻlovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada toʻlanadi”;
65) 329-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi, lekin oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu moddaning beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yuz yigirma kalendar kun muddatga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi:
ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha;
moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona bojini toʻlash boʻyicha”;
66) 331-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bojxona organlariga ariza taqdim etilgan paytda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjudligi”;
67) 332-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlarini vakolatli iqtisodiy operatorlarga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda hamda ushbu Kodeks 329-moddasining beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oʻn toʻrt kalendar kunga berilganda ushbu muddat uchun foizlar hisoblanmaydi va toʻlanmaydi”;
68) 347-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “tuzatishlar kiritish shakli rasmiylashtirilgan kun” degan soʻzlar “tuzatishlar kiritilgan kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
69) 351-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishiga doir talablar buzilgan holda yoʻqotilgan yoxud foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar boʻyicha hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda”;
toʻrtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
70) 48-bob quyidagi mazmundagi 3521-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “2571-modda. Tranzit deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son). neolex.uz/uz/laws/law-5844853/2571 (lex.uz/docs/-5844851)