“3521-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni umidsiz deb eʼtirof etish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son) · Sana: 01.02.2022 · Amalda
Majburiyatning sud qaroriga koʻra tugatilganligi oqibatida yoxud qarzdor bankrot boʻlganligi, tugatilganligi yoki vafot etganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik umidsiz qarz deb hisoblanadi.
Bojxona organlarining qaroriga koʻra bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi:
1) yuridik shaxs tugatilganda — uning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda ushbu yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb eʼtirof etilganda — bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzning qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganda — uning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
4) chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda — uning bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorligining doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha. Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan mazkur qarzdorlik ushbu chet el yuridik shaxsi soliq organida qaytadan hisobga qoʻyilganda tiklanishi lozim.
Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi”;
71) 368-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
72) 370-moddaning birinchi qismidagi “tovar bojxona organiga taqdim etilgunga qadar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
