“161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi — Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son)
“161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son) · Sana: 01.02.2022 · Amalda
Temir yoʻl transportida bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarga, basharti bojxona nazorati qoidalariga rioya etilsa, transport vositasini tark etmagan holda bojxona operatsiyalaridan oʻtish imkoniyati beriladi.
Jismoniy shaxs tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona toʻlovlarini darhol toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi yoki bojxona hududidan olib chiqilishi lozim.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan va uning tashqarisiga olib chiqilayotgan tovarlarga bojxona maqsadlari uchun tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoxud eksport bojxona rejimida olib chiqilgan tovarlar sifatida qaraladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan, bojsiz olib kirish normalaridan ortiq boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
33) 162-modda beshinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur tovarlar ogʻzaki tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno”;
34) 163-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajda notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirishning qonunchilikda belgilangan normasidan ortiq boʻlsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi.
Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qoʻllanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno.
Yagona bojxona toʻlovi notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va toʻldirilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona toʻlovlarini toʻlagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi).
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona kirim orderini toʻldirish va yagona bojxona toʻlovini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi”;
35) 167-modda birinchi qismining “a” va “b” bandlaridagi “oʻn” degan soʻz “oʻttiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
36) 169-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlar uchun xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiq boʻlgan tovarlarning ortiq qismi uchun yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi”;
37) 174-moddaning uchinchi qismi:
birinchi xatboshisidagi “ikki” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“a” bandidagi “bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “v” band bilan toʻldirilsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini milliy valyutada va (yoki) chet el valyutasida chakana realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo doʻkoni. Mazkur turdagi boj olinmaydigan savdo doʻkonlari faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
38) 176-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “bojxona organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
39) 195-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tirik hayvonlar va tez buziladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi”;
uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismining uchinchi xatboshisi “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “va ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
40) 197-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida eʼtirof etilishi mumkin”;
41) 201-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli”;
ikkinchi qismining ruscha matnidagi “otnosyaщuyusya” degan soʻz “otnosyaщiyesya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “bir yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlar bilan solishtirgan holda oʻrganish va tekshirish orqali bojxona auditini amalga oshiradi.
Bojxona auditini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
42) 206-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Vakolatli shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni ular amalda yetib kelguniga qadar Internet jahon axborot tarmogʻi orqali bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etishi shart.
Vakolatli shaxslar taqdim etiladigan dastlabki axborotning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi”;
43) 207-moddaning beshinchi qismidagi “boʻlib, u maxfiy axborotdir” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
44) 218-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddatlari tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, yetkazish punktidagi bojxona organi tomonidan tashuvchidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi”;
oltinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
45) 220-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tranzit deklaratsiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari boʻyicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi.
Olib chiqilayotgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi (bundan jismoniy shaxslar tomonidan doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulk mustasno).
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda, tranzit deklaratsiyasi sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan hujjatlardan foydalaniladi”;
46) 223-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari chet el tovarlarini tashiyotgan transport vositalarining xavflarni baholash natijalarini hisobga olgan holda bojxona kuzatuvini amalga oshirishi mumkin”;
47) 226-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tranzit deklaratsiyasini”;
48) 248-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat xavflarni boshqarish tizimida belgilangan zarur tadbirlarni, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va (yoki) transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi”;
49) 256-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tranzit deklaratsiyasi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
50) quyidagi mazmundagi 2571-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son). neolex.uz/uz/laws/law-5844853/161 (lex.uz/docs/-5844851)