9-modda. Fermer xoʻjaliklariga beriladigan yerlar
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaliklariga zaxira yerlar, maxsus respublika fondi yerlari, mehnat resurslari yetarli boʻlmagan xoʻjaliklardagi va yangi sugʻoriladigan mavzelardagi yerlar beriladi. Ularga zarar koʻrib ishlayotgan yoki kam rentabelli qishloq xoʻjaligi korxonalarining yerlari ham berilishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) yerlari fermer xoʻjaliklariga kooperativlar (shirkatlar) aʼzolari umumiy majlisining qarori asosida tuman hokimi tomonidan qabul qilinadigan qarorga binoan berilishi mumkin.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umum taʼlim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilishi mumkin emas.
