8-modda. Fermer xoʻjaligining ustavi
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaligi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi. Fermer xoʻjaligining ustavida quyidagilar belgilanadi:
fermer xoʻjaligining nomi;
faoliyat sohasi va maqsadi;
fermer xoʻjaligining boshligʻi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
fermer xoʻjaligi faoliyatini boshqarish tartibi;
erdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish tartibi;
fermer xoʻjaligining huquq va majburiyatlari;
fermer xoʻjaligi aʼzolarining huquq va majburiyatlari, ularning xoʻjalik ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etish tartibi;
fermer xoʻjaligining daromadlarini (foydalarini) taqsimlash, zararlarini qoplash tartibi;
fermer xoʻjaligining oʻz majburiyatlari va qarzlari yuzasidan javobgarligi;
fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish yoki tugatish tartibi;
fermer xoʻjaligining joylashgan manzili;
fermer xoʻjaligi ustavini oʻzgartirish tartibi.
Fermer xoʻjaligining ustaviga fermer xoʻjaligi faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham kiritilishi mumkin.
