7-modda. Fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaligi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran fermer xoʻjaligi tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Fermer xoʻjaligi tuman hokimligida davlat roʻyxatiga olinganidan keyin yuridik shaxs maqomini oladi, bank muassasasida hisob-kitob va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqlidir.
Posyolka, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari har bir fermer xoʻjaligini Xoʻjalik kitobiga kiritib, unda fermer xoʻjaligining tarkibi, xoʻjalik boshligʻi yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek xoʻjalikka ajratilgan yer uchastkasiga oid asosiy maʼlumotlarni qayd etib qoʻyadi.
Fermer xoʻjaligini tashkil etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilgan yoki xoʻjalikning ustavi qonunga muvofiq boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish rad etilishi mumkin.
Davlat roʻyxatiga olish rad etilganligi hamda roʻyxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
