“211-modda. Oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturi
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-743-son) · Sana: 11.01.2022 · Amalda
Oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturi yangi zararli organizm aniqlangan taqdirda, fitosanitariyaga oid xavfni, oʻsimliklar karantini obyektining biologik xususiyatlarini va uning aniqlanish holatlarini, geografik jihatdan oʻziga xos xususiyatlarni, mavsumiy xususiyatga ega omillarni tahlil qilish asosida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlar va shaharlar miqyosida oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturi tegishli oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
16) 24-moddaning matnidagi “oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish boʻyicha maxsus fumigatsiya boʻlinmalari” degan soʻzlar “zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 25-moddaning uchinchi qismidagi “oʻsimliklar karantini boʻyicha” degan soʻzlar “oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 26-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsimliklar karantini sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shu jumladan fitosanitariyaga oid xavf tahlili natijalari, fitosanitariya talablari, fitosanitariya choralari, karantin ostidagi mahsulot olib kiriladigan oʻsimliklar karantini boʻyicha chegara punktlarining roʻyxati, shuningdek karantindagi hududlar, oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda oʻsimliklar karantini sohasidagi boshqa axborot ommaviy axborot vositalarida hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi”;
