“201-modda. Fitosanitariya choralari
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-743-son) · Sana: 11.01.2022 · Amalda
Fitosanitariya choralari Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan fitosanitariyaga oid xavfni tahlil qilishning ilmiy prinsiplari va natijalariga, fitosanitariya choralari boʻyicha xalqaro standartlarga asoslangan holda qabul qilinadi.
Fitosanitariya choralari yangi ilmiy-texnik ishlanmalar va asoslar yuzaga kelishiga qarab qayta koʻrib chiqilishi va yangilanishi lozim.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi fitosanitariya choralari qabul qilinganligi, qoʻllanilganligi, bekor qilinganligi toʻgʻrisida yigirma toʻrt soat ichida eʼlon qiladi hamda bu haqda bevosita tegishli chet davlatlarning vakolatli organlarini xabardor qiladi.
Karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish chogʻida aniqlangan yangi zararli organizm tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi fitosanitariyaga oid xavf baholanguniga qadar vaqtinchalik tezkor fitosanitariya choralarini qabul qiladi va qoʻllaydi”;
15) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan toʻldirilsin:
