“12-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining vakolatlari”;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-743-son) · Sana: 11.01.2022 · Amalda
birinchi qismi:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari”;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tumanlar va shaharlar miqyosida oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturlarini ishlab chiqadi, shuningdek ularni tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritadi;
eksport uchun yuklanayotgan karantin ostidagi mahsulotning qayta zararlanishining oldini olishga va uning rasmiylashtirilgan fitosanitariya sertifikatiga muvofiq boʻlishini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
8) 13-moddadagi “Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 14-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektoridir, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosari hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining direktori — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlaridir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlaridir.
