“32-modda. Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tizimini moliyalashtirish”;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-743-son) · Sana: 11.01.2022 · Amalda
birinchi qismidagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsimliklar karantini sohasida koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan olingan daromadlar oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tizimi xodimlarini ragʻbatlantirishga, uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplashga sarflanadi”;
toʻrtinchi qismidagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-yanvar,
OʻRQ-743-son
