Favqulodda holat toʻgʻrisida (O‘RQ-737-son) · Sana: 15.12.2021 · Amalda
Agar favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilsa, favqulodda holatning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan toʻliq yoki qisman, shu jumladan muddatidan ilgari tugatiladi. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan boʻlsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi farmoni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida tasdiqlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5774840
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 11-modda. Favqulodda holatning amal qilishini tugatish Favqulodda holat toʻgʻrisida (O‘RQ-737-son). neolex.uz/uz/laws/law-5774847/11 (lex.uz/docs/-5774840)