10-modda. Favqulodda holatning amal qilish muddati
Favqulodda holat toʻgʻrisida (O‘RQ-737-son) · Sana: 15.12.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati oʻttiz sutkadan, uning ayrim joylarida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati esa oltmish sutkadan oshishi mumkin emas.
Agar favqulodda holatni joriy etish maqsadlariga erishilmagan boʻlsa, favqulodda holatning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan yana bir muddatga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan boʻlsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi farmoni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida tasdiqlanadi.
